Ortga nazar: Bluetooth va uning rivojlanish bosqichlari

Ortga nazar: Bluetooth va uning rivojlanish bosqichlari

Uzoq yillar davomida USB mobil qurilmalar o‘rtasida ma’lumot almashinishini ta’minlagan. Ushbu usuldan hozirgacha foydalaniladi. Biroq yillar o‘tib simsiz ma’lumot almashishning boshqa imkoniyatlari ham paydo bo‘ldi.

O‘QING: Ortga nazar: Galaxy A seriyasining eng yaxshi smartfonlari

Infraqizil portdan Bluetooth'ga o‘tish

Bluetooth 1990 yilllarda Ericsson kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Bluetooth'ning qulay tomoni u barcha turdagi elektron qurilmalarni, jumladan, telefonlar, aksessuarlar va kompyuterlarni bir-biri bilan bog‘lay olar edi.

Kompyuter va telefonlar o‘rtasida ma’lumotlarni sinxronlashtirish uchun simsiz ulanish imkoniyati sifatida infraqizil ham mavjud edi. Biroq infraqizil portdan foydalanish uchun ikkita qurilmaning infraqizil portini bir biriga yo‘naltirish orqali ma’lumot almashinish amalini bajarish mumkin edi.

Bluetooth'dan foydalanish esa anchagina qulayroq bo‘lgan. Chunki ikki qurilmada bir biridan 10 metr masofa ichida ma’lumotlarni uzatish imkoniyati mavjud bo‘lgan. Biroq ma’lumotlar almashinish tezligi sekin bo‘lgan. Bluetooth 1.0 versiyasida ma’lumot almashinish tezligi 721 kb/sekundni tashkil qilgan.

Birinchi Bluetooth'ga ega bo‘lgan telefon Ericsson T36 bo‘lgan. Qurilma 2000 yilda ishlab chiqarilgan. Lekin sotuvga chiqarilmagan. Oradan bir yil o‘tib Bluetooth’ga ega bo‘lgan Ericsson T39 telefoni sotuvga chiqarilgan. Xuddi shu yili IBM Bluetooth’ga ega bo‘lgan ThinkPad A30 noutbukini taqdim etadi. Bu esa kompyuter va telefon o‘rtasida simsiz ma’lumot almashinish imkoniyatini yaratgan.

Birinchi Bluetooth aksessuarlari

Birinchi Bluetooth'ga ega bo‘lgan simsiz quloqchin 1999 yilda ishlab chiqarilgan va «Shou-texnologiyalarning eng yaxshi mukofoti» nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan. Avtomashinalar uchun Bluetooth qurilmalari esa 2001 yildan ishlab chiqarilga boshlagan.

Birinchi Bluetooth'ga ega bo‘lgan stereo quloqchinlar 2004 yilda ishlab chiqarilgan. Bir yil o‘tib Bluetooth’ga ega bo‘lgan MP3 pleyeri sotuvga chiqqan.

Bluetooth aloqasini qo‘llab-quvvatlovchi sichqoncha, klaviatura va printer 2000 yillar boshidan ishlab chiqarila boshlagan. Bu kompyuterlar bilan ishlashni ancha osonlashtirgan.

Bluetooth 2.0 2005 yilda taqdim etilgan. Uning tezligi oldingi avlodga nisbatan uch martagacha oshib, 2.1 Mb/sekundni tashkil qilgan. Lekin ushbu tezlik ham katta hajmli ma’lumotlarni uzatish uchun kamlik qilgan. Bluetooth 2.0 versiyasining ulanish masofa nuqtasi ham oshgan. Oldingi avlod 20 metr masofa ichida ulanish imkoniyati ega bo‘lsa, yangi versiyada ushbu masofa 30 metrga oshgan.

Biroq unumdorlikning haqiqiy oshishiga 2009 yilda Bluetooth 3.0 va “HS“ (High Speed, Yuqori tezlik) ning taqdim etilishi bilan erishildi. Bunda tezlik 24 Mbit/sekundga chiqqan. Ikki qurilma juftlashishi uchun Bluetooth'dan foydalanilgan, so‘ngra ma’lumot 802.11 apparat ta’minotiga uzatilgan. Shunday qilib, asosiy vazifani bajargan aloqa vositasi aslida Wi-Fi bo‘lgan.

Wi-Fi Direct kabi o‘ta tezkor ma’lumot uzatish turlari paydo bo‘lgandan so‘ng, Bluetooth'ga bo‘lgan e’tibor kamayib ketgan.

Telefon quvvatini kam sarflaydigan Bluetooth 4.0 2010 yili taqdim etilgan. Ammo Nokia Bluetooth'ning nomini Wibree'ga o‘zgartirgan. Lekin qanday nom bo‘lganda ham, bu Bluetooth'ning navbatdagi yangi avlodi bo‘lgan.

4.0 versiya tezligi 1 Mb/sekundga kamaygan. Biroq Bluetooth 4.0 quvvatni kam sarflagani uchun unga ega bo‘lgan telefon va aksessuarlar akkumulyator avtonomligi vaqti oshgan.

Bluetooth 4.0'da qurilmalarning bir-biriga bog‘lanish masofasi ham 100 metrgacha oshgan. Shuningdek, unda endi Multipoint funksiyasi bo‘lib, Bluetooth'ga ega bo‘lgan quloqchinlarni bir vaqtda ikkita qurilmaga ulash imkoniyati yaratilgan. 

Keyingi avlod Bluetooth 5.0 2016 yili ishlab chiqilgan. Unda ikki qurilmaning bog‘lana olish masofasi maksimal 240 metrga oshgan. Bundan tashqari, Bluetooth 5.0'ning ma’lumot uzatish tezligi ham 2 Mb/sekundga oshgan.

Bluetooth yaratilgan vaqtda ham smart uy jihozlari bilan ishlay olgan. Ammo 2016 yildan boshlab smart uy jihozlari bilan Bluetooth'ning ishlash samaradorligi ancha yaxshilangan.

Sotuv hajmining oshishi

2003 yilgacha Bluetooth'ga ega bo‘lgan qurilmalar haftasiga bir millionta sotilgan. Keyingi yili esa ushbu raqamlar uch millionga oshdi. 2005 yilda esa haftasiga besh million Bluetooth'ga ega bo‘lgan devayslar sotilgan. 2006 yilda esa 1 milliard Bluetooth'ni qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalar bor edi va haftasiga ular safiga 10 millionta qurilmalar qo‘shilar edi.

O‘QING: Ortga nazar: kutilmagan brendlardan noodatiy telefonlar

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!