Ortga nazar: Galaxy A seriyasining eng yaxshi smartfonlari

Ortga nazar: Galaxy A seriyasining eng yaxshi smartfonlari

Samsung ommalashgan Galaxy A seriyasida o‘rta toifaga kiruvchi smartfonlarni ishlab chiqaradi. O‘tgan hafta ushbu seriyada yana uchta smartfon ishlab chiqarildi.

A oilasining birinchi gadjeti Galaxy Alpha hisoblanib, tashqi dizaynidan Galaxy S5'ga o‘xshab ketadi. Quyida barcha A seriyadagi telefonlarga to‘xtalib o‘tmaymiz. Buning o‘rniga eng esda qolgan A smartfonlari haqida so‘z yuritamiz.

O‘QING: Ortga nazar: S seriyasining birinchi vakili bo‘lgan Galaxy S smartfoni

Galaxy A7 2015 yilda ishlab chiqarilgan A seriya lineykasining eng kattasi. 6.3 mm qalinlikdagi ushbu qurilma hatto Alpha'dan ham ingichkaroq bo‘lgan (6.7 mm).  Metall rom, 5.5 dyuym 1080p Super AMOLED displeyi bilan gadjet flagmanlardan qolishmagan. Galaxy A7 Galaxy Note4'ning arzonroq muqobili bo‘lgan.

Samsung'ning eng ingichka smartfoni A8 (2015) hisoblanib, uning qalinligi bor yo‘g‘i 5.9 mm ni tashkil qiladi. Galaxy A8'ga 5.7 dyuymli  Super AMOLED displeyi o‘rnatilgan. Shuningdek, qurilma romi metaldan ishlangan. Galaxy A8 Galaxy Note5'ning arzonroq muqobili deyish mumkin. A8'da stilus bo‘lmasa-da, uning xotirasini microSD bilan kengaytirish imkoni mavjud bo‘lgan.

2016 yili Samsung A seriyasiga Galaxy A9 smartfonini kiritdi. Katta premium turdagi smartfon 6.0 dyuymli ekranga ega bo‘lib, u hatto Galaxy Note5'dan ham katta bo‘lgan. A9'ning takomillashgan Pro modeli bo‘lib, kamerasi 13MPdan 16MPga hamda 4,000 mAs dan 5,000 mAs ga oshgan. Ikkala model ham Snapdragon 652 chipi bilan jihozlangan.

Samsung Galaxy A7 (2016) smartfoni avvalgi yildagi A7'ga o‘rnatilgan Snapdragon 615 chipi bilan jihozlangan. Biroq Galaxy A7 (2016) global vesiyasiga esa yangilangan Exynos 7580 chipi o‘rnatilgan. Shuningdek, qurilma 5.5 dyuymli Super AMOLED displeyiga ega bo‘lgan.

Galaxy A8 (2016) smartfoning texnik ko‘rsatkichlari flagmanlarga yaqin bo‘lib, unga bir yil avval flagman Galaxy S6 smartfoniga qo‘yilgan Exynos 7420 chipi o‘rnatilgan. Galaxy A8 5.7 dyuymli Super AMOLED displeyi bilan jihozlangan.

Bir yildan so‘ng A seriyaning 2017 yildagi lineykasini taqdim qildi. Galaxy A7 (2017) lineykaning eng katta vakili. Smartfonga 5.7 dyuymli Super AMOLED displeyi va Exynos 7880 chipi o‘rnatilgan.

2018 yili Samsung dunyoda birinchi to‘rtta kameraga ega bo‘lgan Galaxy A9 (2018) smartfonini taqdim etdi. Orqa kamera modulida 24MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng, 10MP 2x telefoto va 5MP sath kameralari joylashgan.

O‘sha yili, shuningdek, Galaxy A8s qurilmasi ham taqdim qilingan (Korea bozorlarida A9 Pro nomi bilan sotilgan). Faqatgina ayrim hudud bozorlarida sotilgan A8s Samsung'ning tirqishli kameraga ega bo‘lgan birinchi smartfoni bo‘lgan. Keyinchalik bunday kamera S10 lineykasiga o‘rnatilgan.

Galaxy A9 bilan birga A7 (2018) smartfoni ham taqdim qilingan. Unda uchta kamera bo‘lib, A9'dan farqli ravishda, telefoto kamerasi o‘rnatilmagan. Ushbu qurilmaga Exynos 7885 chipi o‘rnatilgan bo‘lib, avvalgi yilgi Galaxy A7 chipi bilan taqqoslasak, biroz o‘sishni ko‘rishimiz mumkin.

Keyingi yilgi noyob qurilma deb Galaxy A80 smartfonini aytish mumkin. Samsung ushbu devaysga birinchi bo‘lib aylanuvchi mexanizmli kamera o‘rnatgan. Kamera moduli 48MP asosiy, 8MP ultrakeng va 3D ToF kameralaridan tashkil topgan. Qurilmada 6.7 dyuymli Super AMOLED displeyi bo‘lib, unda hech  kamera tirqishi bo‘lmagan. Smartfonda 3,070 mAs sig‘imdagi akkumulyator bo‘lib, uni 25 vatt bilan quvvatlash imkoniyati yaratilgan.

Qisqa tavsifni Galaxy A90 smartfoni bilan yakunlaymiz. Ushbu qurilma A seriyasida birinchi bo‘lib 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘lgan. Shuningdek, A90'ga Snapdragon 855 chipi o‘rnatilgan va bu ko‘rsatkichlar smartfonni flagman darajaga olib chiqqan.

O‘QING: Ortga nazar: Lamborghini, Ferrari, Porsche va Spyker mashinalari nomidagi telefonlar

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!