Ortga nazar: Galaxy A9 (2018) to‘rtta orqa kameraga ega bo‘lgan dunyodagi birinchi smartfon

Ortga nazar: Galaxy A9 (2018) to‘rtta orqa kameraga ega bo‘lgan dunyodagi birinchi smartfon

2014 yilda HTC M8 smartfoni taqdim etildi. Ushbu smartfonning boshqa smartfonlardan farqi shunda ediki, u ikkita orqa kameraga ega edi. Bunday ikkita kameralik smartfonlar 2016-2017 yillardan ommalashishni boshladi. Keyingi yillardan esa uchta kamerali smartfonlar paydo bo‘lishni boshladi. 

2018 yilda esa Samsung to‘rtta orqa kameraga ega bo‘lgan Galaxy A9 modelini sotuvga chiqardi. Smartfon kameralar bo‘rasida xilma-xillikka ega bo‘lib, turli xil vazifalarni bajaruvchi kameralarni o‘zida mujassamlashtirgan edi. 

Keling, yaxshisi kameraning texnik ko‘rsatkichlariga e’tibor qaratamiz. 

Asosiy kamera: 24MP, f/1.7, 4K 30 kadr/sekund video yozish imkoniyati. 

Ultrakeng kamera: 8MP, 120 gradus ko‘rish burchagi. 

Telefoto kamera: 10MP, 2x optik zum 

Sath kamera: 5MP 

2016 yilda taqdim etilgan LG G5 smartfonida ultrakeng kamera paydo bo‘ldi. Shunda ultrakeng kamera ob’yektivi ham muhim ekanligi anglab yetildi. Ko‘p o‘tmay smartfonlar kamera modulida telefoto kameralar ko‘rinish berishni boshladi. 

2018 yilda sotuvga chiqqan LG V40 ThinQ smartfoni 107 gradus ko‘rish burchagidagi ultrakeng kamera, 78 gradus ko‘rish burchagidagi asosiy kamera va 45 gradus ko‘rish burchagidagi telefoto kamera bilan jihozlangan ilk smartfon bo‘lgan.

Smartfonda, shuningdek, 90 va 80 gradus ko‘rish burchagidagi ikkita selfi kamera ham bo‘lgan. Shundan qilib, LG V40 ThinQ beshta kameraga ega bo‘lgan birinchi smartfon hisoblanadi. Qurilmada kameralar joylshuvi 3+2 bo‘lgan, yani uchtasi orqa panelda uch xil turdagi kameralar, ikkitasi old paneldagi selfi kameralardir. Galaxy A9 modeli esa 4+1 kameralar joylashuv tartibiga ega. 

Sath sensor odatda marketing maqsadida smartfonga o‘rnatiladi. Portret suratlarni dasturiy ta’minot yordamida ham amalga oshirish mumkin. Xususan, flagman smartfonlarda bunday kamerani uchratmaymiz. Odatda byudjet smartfonlarga sath kamera o‘rnatilib, umumiy kameralar sonini oshirgan holda xaridorlarning smartfonga bo‘lgan qiziqishi oshiriladi. 

Bugungi qahramonimiz Galaxy A9 (2018) qurilmasida ham sath kamera mavjud. Galaxy A9 kamerafon deyish mumkin. Biroq uning kameralarining sifati flagman smartfonlar darajasida emas. 

Kamera smartfon asosiy jihati bo‘lsa-da, uning boshqa texnik ko‘rsatkichlari haqida ham eslatib o‘tish zarur. Qurilmaga 6.3 dyuymli yuqori sifatli Super AMOLED displeyi o‘rnatilgan bo‘lib, u sRGB, Adobe RGB va PCI-P3 rang imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. O‘sha vaqtda Galaxy Note va S modellarini hisobga olmaganda A9 (2018) eng yaxshi displeyga ega bo‘lgan smartfon edi. 

Qurilma, shuningdek, 14 nanometrlik Snapdragon 660 chipi bilan jihozlangan bo‘lib, unda to‘rtta Kyro 260 Gold yadro va to‘rtta Silver yadrolari bo‘lgan. 6/8GB tezkor, 64/128GB doimiy xotiraga integrallashgan chipset Adreno 512 grafik protsessorini ham o‘z ichiga oladi. 

Smartfon xotirasini microSD kartasi bilan kengaytirish mumkin. Snapdragon 660 esa o‘sha vaqtlar eng kuchli o‘rta toifadagi chiplardan biri bo‘lgan. Qurilmaga 3,800 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan. O‘tkazilgan testlarda akkumulyator avtonomlik vaqti 88 soatni tashkil qilgan. Bu smartfon uchun juda yaxshi ko‘rsatkich. 

Galaxy A9 (2018) smartfoni 470 yevro narxda sotuvga chiqqan. O‘rta toifadagi smartfon uchun bu ko‘p tuyilishi turgan gap. Ammo smartfondagi kameralar va Super AMOLED displeyini hisobga olsak, smartfon o‘z narxini qisman oqlaydi deya olamiz. 

A9 (2018) g‘oyasi juda yaxshi edi, ammo ushbu g‘oya kompaniya tomonidan yaxshi amalga oshirilmagan. Garchi flagman smartfon hisoblansa-da, o‘sha vaqtdagi Galaxy S9+ va Note9 modellarida A9'dagidek telefoto va ultrakeng kameralar bo‘lmagan. Albatta, ushbu smartfonning Galaxy qurilmalari orasida o‘z o‘rni bor. 

O‘QING: Galaxy S22 Ultra uchun arzirli raqib chiqarildi! 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.