Ortga nazar: iPhone 6 - Apple haligacha foydalanadigan dizayndagi smartfon

Ortga nazar: iPhone 6 - Apple haligacha foydalanadigan dizayndagi smartfon

O‘tgan haftada Apple yangi iPhone SE (2022) modelini taqdim etdi. Ushbu smartfon SE seriyasining uchinchi avlodi hisoblanadi, birinchi avlod esa bundan yetti yil oldin taqdim etilgan. 2016 yilgi iPhone SE o‘z dizayni bilan yangi modelga umuman o‘xshamaydi. 

iPhone 6 esa hatto birinchi avlod SE modelidan ham oldinroq (2014 yil) taqdim etilgan. Birinchi avlod iPhone SE esa 2012 yilgi iPhone 5 dizayni asosida yaratilgan. Agar ikki qurilmani yonma-yon joylashtirilsa, ularning o‘rtasidagi farq umuman sezilmaydi. 

Xuddi shunday o‘xshashlik iPhone 6 hamda iPhone SE (2022) modellari o‘rtasida ham mavjud. Ikkala smartfonning o‘lchamlari deyarli bir xil, ikkisi ham 750x1334 piksel rezolyutsiyadagi 4.7 dyuymli displeyga ega. 

Ekran atrofidagi qalin ramkalar hamda Touch ID vazifasini bajaruvchi Home tugmasi saqlanib qolgan. iPad planshetlarida ham old yoki yon tomonda joylashgan barmoq izi skanerlari mavjud. Biroq yuqori darajada iPhone modellaridan (iPhone X'dan boshlab) Apple Touch ID tizimini olib tashlangan. Shundan beri kompaniya tomonidan o‘z smartfonlariga barmoq izi skaneri o‘rnatish, displey yuqori qismida joylashgan Face ID modulidan voz kechib, yumaloq tirqishli selfi kameraga o‘tishga urinish bo‘lmadi. 

Barmoq izi skanering afzallik tomonlari Face ID tizimiga qaraganda ko‘proq. Misol uchun, pandemiya davrida niqob taqqan foydalanuvchini Face ID tizimi “tanimadi“. Shuningdek, barmoq izi skaneridan foydalanish Face ID'dan ko‘ra osonroq. 

Yillar davomida ushbu dizayn kichik o‘zgarishlar bilan o‘zgarib bordi. iPhone 6 modelida antenna chiziqlari bor. Bu iPhone 8 modeldan olib tashlangan. iPhone 6'ning orqa paneli alyuminiy bilan qoplangan. Bu esa smartfonga turli signallarni kelishini to‘sib qo‘yadi. Chiziqlar esa signalni ushlashga yordam beradi. iPhone 8'ning orqa paneli shisha bilan qoplangan. Tabiiyki, antenna chiziqlariga talab bo‘lmagani uchun u smartfondan olib tashlangan. 

O‘zgarishlar SE modelida ham davom etadi. Masalan, u IP67 standartiga ega bo‘ldi. Yangi SE esa mustahkam Ceramic Shield shishasi bilan himoyalangan. Bu iPhone 6 modelining ekranidagi shishaga qaraganda ancha bardoshliroq. 

2014 yilda tarixda birinchi marta Apple ikkita smartfonni (iPhone 6 va 6 Plus) bir vaqtning o‘zida taqdim etdi. iPhone 6 Plus oddiy modelga qaraganda biroz kattaroq, ya’ni 5.5 dyuymli displey hamda 2915 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lgan. 

Ikkinchi kamera esa ilk bor iPhone 7 Plus modeliga o‘rnatilgan. iPhone 6 Plus optik tasvir barqarorlashtirgich (OIS) funksiyasiga ega bo‘lgan birinchi iPhone bo‘lgan. Bu Plus modelga oddiy modelga qaraganda yaxshiroq video yozishga imkon bergan. Biroq ikkala model ham 1080p 60 kadr/sekund formatda videoga olishga qodir bo‘lgan. Avvalgi iPhone 5s faqatgina 30 kadr/sekund bilan cheklangan edi. 

Ko‘pchilik yangi iPhone SE modelida ikkichi kamera bo‘lishini kutgan edi. Biroq kompaniya iPhone 6 dizaynidan uzoqlashmadi. Albatta yangi model yaxshiroq kameraga ega. Misol uchun, uning kamera rezolyutsiyasi balandroq - 12MP (iPhone 6'da 8MP), diafragma ham yorqinroq f/1.8 (iPhone 6'da f/2.2), bundan tashqari, uchinchi avlod SE modeli OIS funksiyasiga ega. Apple A15 Bionic esa qurilmani yuqori unumdorlik bilan ta’minlaydi. 

Shuningdek, selfi kamera rezolyutsiyasi ham 7 megapikselga oshgan. iPhone 6 modellarida bu 1.2 megapikselni tashkil qilar edi. Yangi iPhone modellariga (iPhone 11'dan boshlab) keng linzaga ega bo‘lgan 12MP selfi kamera o‘rnatilib kelmoqda. 

Yuqorida A15 Bionic chipi haqida so‘z yuritdik, ushbu chip 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa SE modeli uchun yangilik. iPhone 6 taqdim etilganda 4G nisbatan yangi funksiya edi. Dastavval u 2012 yilgi iPhone 5 modelida paydo bo‘lgan. 

NFC ham birinchi marta iPhone 6 modellarida paydo bo‘lgan. Biroq ushbu funksiya Android smartfonlar kabi ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘lmagan hamda faqatgina Apple Pay bilan ishlagan. 

iPhone 6 korpusi to‘liq alyuminiydan ishlanganligi uchun bir necha muammolarni keltirib chiqargan. Misol uchun, smartfonning egilib ketishi. Bu holatda ekran platadan uzilib smartfonning ishdan chiqishiga ham olib kelgan. Qurilmadagi yana bir muammo bu Touch ID tizimining yaxshi ishlamasligidan kelib chiqqan. 

Chipsetga qaytadigan bo‘lsak, Apple A8 kompaniyaning 64 bitli protsessorga ega ikkinchi chipsetidir (iPhone 5'dagi A7 birinchi). iPhone 6 modellari 3.5 audio jek bilan jihozlangan eng so‘nggi Apple qurilmalardan biri bo‘lgan. iPhone 7 va undan keyingi modellaridan audio jek olib tashlangan. Yangi iPhone SE (2022) stereo dinamik bilan jihozlangan bo‘lsa, iPhone 6 faqatgina bitta dinamikka ega bo‘lgan. 

iPhone 6 sotuvga chiqqandan bir hafta o‘tib naq 10 million dona sotilgan. Keyingi haftada esa ushbu son 13 millionga yetgan. Ushbu vaqtda smartfon hali asosiy bozor hisoblanuvchi Xitoyga kirib bormagan edi. 

Shuni ta’kidlash kerakki, iPhone SE (2022) modeli dizayn jihatidan iPhone 6'ga o‘xshaydi. To‘g‘ri, iPhone 8 yangi modelga ko‘proq o‘xshashi mumkin, biroq ushbu dizayndagi ilk smartfon bundan sakkiz oldin yaratilgan iPhone 6 hisoblanadi. Yillar davomida esa Apple ushbu dizaynga kichik o‘zgartirishlar kiritib kelmoqda. 

O‘QING: Mac Studio - Apple tomonidan yaratilgan eng kuchli kompyuter 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!