Ortga nazar: iPhone 7 Plus — ikkita kameraga ega, lekin 3.5 mm audio jekdan mahrum qilingan ilk iPhone

Ortga nazar: iPhone 7 Plus — ikkita kameraga ega, lekin 3.5 mm audio jekdan mahrum qilingan ilk iPhone

Apple korporatsiyasi 2016 yil sentyabr oyida o‘zining iPhone seriyasi smartfonlarini taqdim qilgandi. seriya tarkibiga ikkita smartfon iPhone 7 va iPhone 7 Plus'lar kiradi. Quyida iPhone 7 Plus haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Qahramonimiz nafaqat hajman kattaroq, balki qo‘sh kameraga ega ilk iPhone ham edi. 12 megapiksellik asosiy kamera yorqinroq linzalardan foydalangan va tasvir sifati ham oshgan. iPhone 6s modellarida apertura f/2.2 bo‘lgan bo‘lsa, iPhone 7 Plus'da f/1.8 edi. Apple, shuningdek, LED chiroqlar sonini ikki baravar oshirib, to‘rttaga yetkazgan, natijada chiroqlar yorug‘ligi eski modellarnikiga qaraganda 50% yuqori bo‘lgan.

Ikkinchi kamera esa 12 megapiksellik telefoto kamera edi. Ushbu ikkinchi «ko‘z» 2 karra kattalashtirish xususiyati va 10 karra raqamli zum funksiyasiga ega edi. Asosiy kameradan farqli, bu kamera optik stabilizatsiyaga ega emasdi.

Nima bo‘lganda ham, 58 mm lik ob’yektiv portretlar olish uchun mukammal variant edi. To‘g‘ri, 1/3" datchik tabiiy boke effektini yaratish uchun kichiklik qilardi, biroq Apple'ning yangi Tasvir Signali Protsessori (ISP) deb atalgan algoritmi har ikki kameradan foydalanib yuza sathi xaritasini yaratar olar va fonni blur qilish imkoniga ega edi.

...

Raqamli bokeni ko‘rsatuvchi rasmiy portret suratlari

FaceTime kamerasi bo‘lsa 5MP o‘rniga 7MP rezolyusiyaga ega bo‘ldi. Bu esa ilk marotaba 1080p videolarni yozish imkonini yaratdi. Maxsus chiroqqa ega bo‘lmagan old kamera yorug‘lik kam bo‘lgan sharoitlarda ekran yorug‘ligiga tayanar edi. «Retina flash» deb nomlangan ushbu funksiya ekranni oq rangga kiritmagan, balki teri tuslari tasvirda yaxshiroq aks etishi uchun displey rangi haroratini atrof yorug‘ligiga moslashtirgan.

iPhone 7 Plus'ga ikkinchi kamera qo‘shilgan bo‘lsa-da, smartfondan muhim bir jihat olib tashlangan. Bu ham bo‘lsa, audio uchun 3.5 mm lik tirqish edi. Quloqchin orqali musiqa tinglash uchun zaryadlash porti (Lightning) dan foydalaniladigan bo‘ldi. Ishlab chiqaruvchi hattoki bir tomoni 3.5 mm audio tirqish uchun ikkinchi tomoni Lightning portiga tushadigan maxsus kabelni ham qadoq tarkibiga qo‘shgan. Bundan tashqari, qadoq tarkibida simli EarPods ham bor edi. Ba’zilar buni yangi iPhone'lar bilan bir vaqtda taqdim qilingan AirPods'ni targ‘ib qilishga qaratilgan marketing hiylasi deb hisoblagan.

E’tiborlisi, Lightning portidan faqat MFi sertifikatiga ega akkessuarlar bilan foydalanish mumkin. Bu standartni Apple'ning o‘zi nazorat qilgani bois kupertinoliklar akkessuar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga litsenziya to‘lovini joriy qiladi. Ya’ni Lightning portiga tushadigan simli naushnikni Apple'dan boshqa kompaniyadan sotib olgan taqdiringizda ham, Apple xaridingizdan bilvosita foyda ko‘radi.

Kimlardir Apple'ning audio jekdan voz kechganini qoralashi mumkin, lekin bu strategiya baribir o‘ta aqlli ish bo‘lgan. Boshqa smartfonsoz kompaniyalar ham o‘zlarining simsiz quloqchinlarini ishlab chiqarib ayni yo‘lni tutishlari mumkin bo‘ldi. Lekin, avvaliga, ular Apple'ning ustidan kulishganini ham unutmaslik kerak!

...

3.5 mm audio jek olib tashlanib, uning o‘rnini Bluetooth va Lightning egallagan

Oradan ikki yil o‘tib, ya’ni 2018 yilda iPhone 6s va SE'lar sotuvdan olib tashlanishi bilan iPhone'lardagi audio tirqishning hayotiga haqiqiy nuqta qo‘yildi. Chunki bu modellar 3.5 mm audio jekka ega eng so‘nggi iPhone'lar edi. Xuddi shu vaqtdan boshlab, Apple smartfonlari tarkibidan audio adapterni ham butunlay olib tashladi.

O‘tgan hafta ham xuddi shunga o‘xshash voqea sodir bo‘ldi. Nafaqat yangi, balki eski iPhone'lar qadog‘idan ham quvvatlagich bilan simli EarPods quloqchinlari olib tashlandi. Bu esa elektron jihozlar hosil qiladigan chiqindilarni kamaytirishi ta’kidlandi.

Mavzuga qaytsak. iPhone 7 juftligi kompaniyaning suvdan himoyalangan ilk modellari ham edi. Qurilmalar chang va suvdan himoyaning o‘rta darajadagi IP67 ko‘rsatkichiga ega edi. Biroq kompaniya muhandislari bu borada qattiq ter to‘kishdi. Ayni damda, iPhone'lar har qanday smartfonni (agar u maxsus ishlab chiqarilgan model bo‘lmasa) suvga chidamlilik borasida ortda qoldira oladi — iPhone'larni 6 metr chuqurlikdagi suv ostida ham ishlatish mumkin. Vaholanki, aksariyat raqobatdosh modellarda bu ko‘rsatkich atigi 2 metrga teng. 3.5 mm audio jekni iPhone 7'dan olib tashlash hamda moddiy tugmachalardan ham voz kechish suv va changdan hikoyani osonlashtirdi. iPhone 7 modellarida moddiy tugma o‘rniga kapasitiv uy ekrani «tugma»sidan foydalanilgan.

Kelasi yili, ya’ni 2017 yilda, iPhone X'ga Face ID joriy qilinishi bilan Apple o‘z qurilmalaridan kapasitiv tugmachani ham butunlay olib tashlay boshladi. Bunga to‘xtalib o‘tishdan maqsad shuki, «MagSafe simsiz quvvatlash tizimining bu yilgi iPhone'larga joriy qilingani kelajakdagi iPhone'lardan Lightning portlari olib tashlanishidagi ilk qadammikan?», degan savol paydo bo‘ldi.

Bu hali hammasi emas. iPhone 7 va iPhone 7 Plus'lar kompaniyaning Apple A10 Fusion chipida ishlagan ilk qurilmalari hamdir. Ushbu chip Apple'ning ilk geterogen CPU'si edi, ya’ni chip ikkita katta Hurricane va ikkita kichkina Zephyr yadrolaridan iborat edi.

Kompaniya A14 chipining kuchaytirilgan versiyasida ishlaydigan MacBook'larni taqdim qilishni ham rejalayotganini ma’lum qildi. Ushbu leptop chipi bitta katta va 4 ta kichkina yadrolardan iborat bo‘ladi. Bu esa A10 chipining evolyusion versiyasi hisoblanadi. Apple, shuningdek, o‘z qurilmalarida o‘zi ishlab chiqargan yadro protsessorlarini ishlata boshladi. Barcha qismlari Apple'ning o‘zida ishlab chiqarilgan MacBook'lar shu yilning o‘zidayoq taqdim qilinishi kerak.

Yana iPhone 7'larga qaytsak. Bu ikki modelning hajmi 4.7" va 5.5" dyuym edi. Avvaliga, Apple'ga fabletlar ishlab chiqarish g‘oyasi yoqmagan. 5.5" displey o‘z davri uchun kichik ekran hisoblangan. Bugungi standartlarga ko‘ra ham, iPhone 7 Plus ekrani anchayin kichkina. Lekin bu yil taqdim qilingan iPhone 12 mini 5.4" ekranga ega. Ushbu model bo‘yiga uzunroq bo‘lgan 19.5:9 tomonlar nisbatiga ega. Biroq iPhone 7 Plus va 12 mini'lar hajman bir-biriga yaqin. Bulardan birinchisining ekran maydoni 84.3 sm², ikkinchisiniki esa bundan 15% ko‘proq.

O‘tgan yillar davomida kichiklik tushunchasi o‘zgardi. Hozirda eng katta iPhone bo‘lmish 12 Pro Max 6.7 dyuymlik ekran bilan jihozlangan. Apple'ga katta smartfonlar yoqib qoldi.

...

2016 yilgi iPhone juftligi mobil sanoatga ulkan ta’sir o‘tkazdi. iPhone 7'lar bilan audio tirqishsiz smartfonlar kelajagi boshlandi. Birdan ortiq kameraga ega bo‘lish ham smartfonning muhim jihatlaridan biri safiga o‘tdi. Yodingizda bo‘lsa, 2017 yilgi Samsung Galaxy S8 ikkita kameraga ega emasdi. Lekin Apple'ga ergashib Samsung ham Galaxy S8'dan bir necha oy o‘tib taqdim qilingan Note8 modellariga ikkita kamera o‘rnatdi.

Apple smartfonga ikkita kamera o‘rnatgan yoki ularni suvga chidamli qilgan birinchi kompaniya emasdi. Vaholanki, bularni birinchi bo‘lib amalga oshirgan LG va Sony kompaniyalaridan farqli o‘laroq, Apple trend yarata oladi. iPhone 7 Plus esa buning yorqin namunasidir.

O‘QING: Apple iPhone 12, 12 mini, 12 Pro va 12 Pro Max: modellar o‘rtasidagi farq nimada?

Terabayt.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.