Ortga nazar: Kutilmagan brendlardan noodatiy telefonlar (2-qism)

Ortga nazar: Kutilmagan brendlardan noodatiy telefonlar (2-qism)

O‘tgan oy, kutilmagan brendlar tomonidan chiqarilgan noodatiy telefonlar haqida ma’lumot bergan edik. Biroq maqola o‘z nihoyasiga yetmagan edi. Quyida elektronika biznesidan boshqa sohaga ixtisoslashgan kompaniyalar ishlab chiqargan g‘ayrioddiy telefonlar haqida suhbatimizni davom ettiramiz.

Pepsi P1
Alkogolsiz ichimliklardan tashqari, Pepsi smartfon ham ishlab chiqarganini bilasizmi? Kompaniya ikkita — Pepsi P1 va P1S smartfonlarini chiqargan.

...

Smartfonlardan maqsad foyda olish emas, balki kompaniyaga bo‘lgan e’tiborni oshirish edi. Pepsi smartfonlari cheklangan miqdorda – 1,000 dona chiqarilgan. Smartfonlar narxi 110 dollar bo‘lishiga qaramay, anchayin yaxshi apparat ta’minotga ega edi. P1 modeli alyuminiy korpus, 5.5 dyuymli 1080p ekran, sakkiz yadroli protsessor, 13MP kamera va LTE aloqasiga ega edi. Pepsi smartfonlari xitoylik kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan va Android asosidagi didoOS operatsion tizimida ishlagan. Qurilmalarga Pepsi temasi o‘rnatilgan, albatta.

...

Onkyo Granbeat DP-CMX1
Onkyo kompaniyasi o‘zining audio va uy kinoteatri uskunalari bilan tanilgan. Biroq kompaniya ko‘chma elektronika moslamalari, masalan, ko‘chma audio pleyer va Granbeat DP-CMX1 smartfonini, ham ishlab chiqargan.

Granbeat DP-CMX1 smartfoni ko‘p jihatdan o‘tgan galgi maqolamizdagi Marshall London'ga o‘xshash. Smartfonda ikkita: 3.5 mm audio jek va 2.5 mm muvozanatlashgan audio jek bor.

Smartfon analog tovushni raqamli tovushga aylantiruvchi konvertor (DAC) va ikkita tovush kuchaytirgich bilan jihozlangan. Qurilma juda qo‘pol bo‘lib, alyuminiy korpusga ega. Smartfonning, shuningdek, musiqa tinglash uchun moddiy tugmachalari ham bor.

...

Onkyo Granbeat DP-CMX1 smartfoni 128GB xotiraga ega edi. microSD sloti ham bor.

Ushbu gadjet zo‘r audio pleyer bo‘lishi mumkin, lekin uni yaxshi Android smartfon deyish xato bo‘ladi. Granbeat Smnapdragon 650 chipi bilan jihozlangan, Android 6.0 Marshmallow tizimida ishlagan, ekrani 5" 1080p bo‘lgan. 3,000 mAs sig‘imli akkumulyator esa 25 soat musiqa tinglash imkonini bergan. 16MP asosiy kamera va 4MP selfi kamera bilan o‘rtacha sifatli video va rasmlar olish mumkin bo‘lgan.

Kodak Ektra
Fotografiyadan yaxshi xabardor bo‘lganlar uchun «Kodak Ektra» nomi 1940-yillarda chiqarilgan 35 mm lik kamerani eslatishi mumkin, biroq biz aytayotgan qurilma 2016-yilda chiqarilgan kameraga ixtisoslashgan Android smartfondir. Kodak'ning ilk Android smartfoni IM5 unchalik ham muvaffaqiyatli chiqmagan, biroq kompaniya smartfon olamida o‘zini yana bir marta sinab ko‘rishga qaror qilgan.

...

Smartfonning eng muhim jihati orqa paneldagi 1/2.3" sensor, f/2.0 aperturali 21MP kamerasi bo‘lgan. Kamera 6 o‘qli tasvirni barqarorlashtirish xususiyati va 4K video yozish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Smartfonning retro ko‘rinishdagi sof teridan ishlangan chexoli ham bor edi.

...

Kodak Ektra uchun sof teridan ishlangan chexollar

Leica kompaniyasining hozirgi amaliyoti singari, Kodak ham fotografiya sohasidagi muvaffaqiyatlarini smartfonga tatbiq qilgan va natijada o‘ta ajoyib retro kamera rejimlarini yaratgan. Masalan, Super8 video ilovasi 8 mm lik plyonkaga olingan video taassurotini qoldirish uchun videoga vinet dizayni va o‘zgartirilgan ranglar bergan. Tri-X deb atalgan oq-qora rejim ham bo‘lgan.

...

Kodak Ektra'da olingan rasmlardan namunalar

Kodak Ektra 5 dyuymli 1080p ekran; Helio X20 chipi; 3GB tezkor, 32GB doimiy xotira va microSD karta uyasiga ega edi. Smartfon avvaliga Buyuk Britaniyada 450 funtdan sotuvga chiqqan. Keyinchalik 500 yevro narxda Yevropada, 400 dollar narxda esa AQShda sotila boshlagan. O‘sha yillari Kodak kompaniyasi Archos brendi bilan hamkorlikda planshetlar ham chiqargan.

RED Hydrogen One
Kameralar ishlab chiqaruvchi kompaniyaning Android smartfon yaratishdagi harakatlarining nisbatan yangi mahsuli RED Hyrdogen One qurilmasidir. RED kameralari juda ham ommabop bo‘lib, ulardan ham kichik kompaniyalar, ham Gollivudning yirik kompaniyalari foydalanadi. Bunday kompaniya smartfon ishlab chiqarsa, bu smartfonning kamerasi a’lo darajada bo‘lishini hamma kutadi, biroq ...

...

Hydrogen One smartfoni 2018-yilda chiqarilgan bo‘lsa ham, u negadir 3D'ga ixtisoslashgan edi. Smartfon ikkita 12.3MP kamera va avtostereoskopik 3D ekran bilan jihozlangan. Bu ekran biz hozirgacha ko‘rgan 3D ekranlardan ko‘ra ilg‘orloq edi va RED uni «4 View» deb atagan.

O‘QING: Xiaomi'ning 9 ta antiqa gadjetini bilasizmi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.