Ortga nazar: Lamborghini, Ferrari, Porsche va Spyker mashinalari nomidagi telefonlar

Ortga nazar: Lamborghini, Ferrari, Porsche va Spyker mashinalari nomidagi telefonlar

Avvalgi sondagi maqolamizda Nokia 8800 Aston Martin Edition telefoni haqida ma’lumot bergan edik. Buni qarangki, Nokia 8800'ning Lamborghini Edition'dagi telefoni ham mavjud ekan. Ushbu maqolada ham avtomobil brendi nomidagi devayslar haqida so‘z yuritamiz.

O‘QING: Ortga nazar: Kutilmagan brendlardan noodatiy telefonlar (1-qism)

Nokia 8800 Sirocco Lamborghini Edition
Italiyalik superkar ishlab chiqaruvchi kompaniya gadjetni Nokia 8800 Sirocco deb nomlagan. Sirocco — bu O‘rtayer dengizida sodir bo‘luvchi kuchli dovulning nomidir. Dovul nomiga ega bo‘lgan yana bir avtomobil Lamborghini Huracan hali namoyish etilmagan edi.

Finlar telefon dizaynini Lamborghini avtomobillarining dizayniga o‘xshatib ishlashgan. Mashhur buqa tasvirlangan logotip esa qurilmaning ikkala tomoniga tushirilgan.

Nokia 8800 Sirocco Lamborghini Edition telefoni faqatgina 500 dona ishlab chiqarilgan va ular Lamborghini dilerlariga taqdim etilgan.

Lamborghini Spyder telefoni va plansheti
Olti yildan so‘ng Lamborghini to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefonlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishga qaror qildi va Rossiya bozori uchun uchta Spyder telefoni va planshetini ishlab chiqardi («Spyder» — bu ikki kishilik usti ochiq bo‘lgan sportkarning nomi).

Lamborghini LT700 Android tizimida ishlaydigan smartfon bo‘lgan (Android 2.3 Gingerbread). U 4.7 dyuymlik 480 × 800 pikselli ekran, 5MP kamera, Snapdragon chipi, 4GB doimiy xotira va 1,400 mAs akkumulyatorga ega bo‘lgan.

...

Smartfon korpusi oltin bilan qoplangan bo‘lsa, qurilma displeyi safir sisha bilan himoyalangan. Gadjetning orqa tomoni esa timsoh teri bilan qoplangan. Smartfon narxi — 90,000 rublni (o‘sha davrda 2,783 dollarni) tashkil qilgan.

O‘QING: Ortga nazar: Kutilmagan brendlardan noodatiy telefonlar (2-qism)

LT688 Spyder va LT820 Spyder 2 devayslari deyarli bir-biriga o‘xshash bo‘lgan. LT688 Spyder'ga 2 dyuymlil QVGA displeyi va 3MP kamera o‘rnatilgan bo‘lsa, LT820 Spyder 2 biroz yaxshilangan 2.4 dyuymlik VGA displeyi va 5MP kamera o‘rnatilgan.

...

Ikkala modelning korpusi oltin bilan, orqa paneli esa charm bilan qoplangan. LT866 Spyder narxi 60,000 rublni, LT820 Spyder 2 narxi esa 80,000 rublni tashkil qilgan.

Lamborghini tomonidan L2800 nomli planshet ham ishlab chiqarilgan. Ushbu planshet Android 2.3 Gingerbread tizimda ishlagan va Android 4.0 Ice Cream Sandwich tizimigicha yangilanishiga kafolat berilgan. Qurilma iPad'ga o‘xshab 9.7 dyuymlik 1024 x 768 pikselli ekranga ega bo‘lgan. Shuningdek, unga Snapdragon chipi, 512MB tezkor xotira va 4GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Devaysni sotib olish uchun xaridorlar cho‘ntaklaridan 75,000 rubl ajratishlari kerak bo‘lgan.

...

Acer Liquid Ferrari Special Edition
Bir necha yillar oldin Acer va Ferrari kompaniyalari bir jamoa bo‘lib Acer Liquid Ferrari Special Edition smartfonini ishlab chiqishdi. Ushbu gadjet qizil rangda bo‘lib korpus orqa peneli uglerod tola bilan ishlangan.

Qurilma qadog‘idan Ferrari brendidagi changdan himoya qiluvchi g‘ilof, Bluetooth bilan ishlovchi va shovqinni bartaraf qiluvchi quloqchin o‘rin olgan.

2011 yilda ikkala kompaniya unchalik hashamatli bo‘lmagan Acer Liquid mini E310 gadjetini taqdim etishgan. Ushbu devays 600 MHz bir yadrolik protsessor, 3.2 dyuymlik 320 × 480 piksel ekran va 5MP kameraga ega bo‘lgan.

Vertu Ascent Ferrari GT
Agar Ferrari narxidagi telefon kerak bo‘lsa, Vertu Ascent Ferrari GT sotib olishingiz mumkin. Telefon texnik ko‘rsatkichlari Liquid mini'dan ham oddiyroq, lekin tashqi ko‘rinishi anchagina hashamatli.

Telefon korpusi alyuminiy va qora matovoye PVD qoplami bilan ishlangan. Shuningdek, qurilma qo‘l bilan tikilgan bezakli charm (Ferrari o‘z mashinalarining ichki qismi uchun foydalanadigan charm bilan bir xil) bilan qoplangan. Orqa panelda Ferrari dvigatelini eslatuvchi keramik akkumulyator ham o‘rin olgan.

Ascent Ferrari GT gadgeti bu Vertu va Ferrari kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan yagona telefon emas. Vertu Ascent Ti Ferrari telefoni Giallo va Rocco versiyalarida ham taqdim etilgan. Telefonlarning orqa tomoni qo‘lda tikilgan charm bilan qoplangan. Biroq yon tomondagi rangli romlar kauchukdan yasalgani biroz ajablanarli tuyuladi.

...

O‘QING: 2021 yilning eng kutilayotgan 10 smartfoni

Spyker telefonlari
Ferrari va Lamborghini mashinalari haqida eshitmagan odam bo‘lmasa kerak. Spyker avtomabillari borligini qancha odam eshitgan. Ushbu gollandiyalik sportkar ishlab chiqaruvchi kompaniya Aeroblade, S8 Laviolette va Aileron kabi mashinalar nomi ostida telefonlar ham chiqara boshlagan.

BlackBerry Porsche Design
Huawei Porsche dizaynidagi smartfonlarni ishlab chiqarishidan oldin, BlackBerry ushbu ish bilan shug‘ullanar edi. 2011 yilning oxirida BlackBerry kompaniyasi Bold Touch 9900 telefoni asosida BlackBerry Porsche Design Pʼ9981 ishlab chiqdi. Ikkala telefonning texnik jihatlari bir xil, biroq Pʼ9981'ning korpusi zanglamas po‘lat va charmdan ishlangan. Hatto BlackBerry QWERTY klaviaturasi ham metaldan ishlangan.

2013 yilda esa kompaniya BlackBerry Z10 asosida Porsche Pʼ9982 gadjetini namoyish qildi. Qurilmada hech qanday klaviatura bo‘lmagan va uning korpusi zanglamas po‘lat va ipak mato bilan qoplangan.

...

Porsche Design Pʼ9983 ishlab chiqarilishi bilan gadjetga klaviatura qaytarilgan. Shuningdek, ushbu telefonning oltindan ishlangan versiyasi ham taqdim etilgan.

Blaupunkt Car Phone
Blaupunkt kompaniyasi asosan avtomabil audio uskunalarini ishlab chiqaradi va hali ham o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda. Kompaniya telefonlarni biror mashina nomi ostida chiqarmagan. Shunchaki kompaniya ishlab chiqargan gadjetlar avtomobillarga o‘xshaydi.

...

O‘QING: Dunyodagi eng qimmat 10 smartfon

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.