Ortga nazar: Samsung'ning mustahkam himoyali smartfon va planshetlari evolyutsiyasi bilan tanishamiz!

Ortga nazar: Samsung'ning mustahkam himoyali smartfon va planshetlari evolyutsiyasi bilan tanishamiz!

Smartfon va planshetlar paydo bo'lganidan beri, Samsung kompaniyasi ularni mustahkam himoya bilan taklif qilib kelayotgan yagona taniqli kompaniya bo'lib kelmoqda. Shu sabab ham u bunday qurilmalarning boy tarixiga ega. Quyida kompaniyaning ana shunday pishiq qurilmalari evolyutsiyasi bilan tanishamiz.

Galaxy XCover

Samsung kompaniyasi 2011-yilning avgust oyida o'zining ilk bardoshli smartfoni – Galaxy XCover'ni taqdim qilgan. Uning 3.65 dyuymli ekrani Corning Gorilla Glass bilan himoyalangan va u IP67 sertifikatiga ega bo'lgan. 100 gramm og'irlikdagi qurilma Android 2.3 operatsion tizimida ishlagan. Qizig'i shundaki, unda selfi kamerasi yo'q edi. Orqa tomondagi asosiy kamerasi esa 3.15 MP bo'lgan.

Galaxy XCover 2

Orada bir yil tanaffusdan so'ng, Samsung 2013-yil martida Galaxy XCover 2 smartfonini chiqardi. U kompaniyaning selfi kameraga ega bo'lgan ilk mustahkam himoyali smartfoni edi. U 4 GB doimiy va 1 GB operativ xotira bilan Android 4.1.2 versiyasiga asoslangan TouchWiz UI 5 operatsion tizimda ishlagan. Uning 5 MP asosiy kamerasi 720p formatida videoga ola olgan.

Galaxy Tab Active

2014-yilga kelib Samsung mustahkam himoyali qurilmalar borasida smartfonlardan tashqariga chiqishga qaror qilgan va dekabr oyida o'zining ilk pishiq plansheti, Galaxy Tab Active'ni taqdim qilgan. U Qualcomm'ning 28 nanometrli Snapdragon 400 chipsetida 16GB doimiy va 1.5 GB RAM operativ xotira bilan Android 4.4.2 versiyasiga asoslangan TouchWiz UI'da ishlagan.

Galaxy XCover 3

Mustahkam himoyali planshet ishlab chiqarishga kirishish bilan Samsung bunday turdagi smartfonlardan voz kechmagan. 2015-yilda kompaniya o'zining ilk sozlanadigan tugmaga ega Galaxy XCover 3 smartfonini chiqardi. U 4,5 dyuymli PLS LCD ekran, Exynos 3475 chipseti, 8 GB doimiy va 1.5 GB operativ xotira bilan jihozlangan edi. 

Galaxy XCover 4

Oradan ikki yil o'tib, 2017-yilda Samsung kompaniyasi IP68 bilan birga MIL-STD-810G himoya sertifikatiga ega bo'lgan yanada mustahkamroq smartfon – Galaxy XCover 4'ni sotuvga chiqardi. U nafaqat pishiqlikda, balki texnik xususiyatlarda ham ancha kuchaygan edi: 5 dyuymli ekran, Exynos 7570, 16 GB doimiy, 2 GB operativ xotira, 13 MP asosiy, 5 MP selfi kamera va 2800 mA/soat batareyaga ega bo'lgan.

Galaxy Tab Active 2

Galaxy XCover 4 bilan birgalikda o'sha yili Samsung o'zining ikkinchi avlod Galaxy Tab Active planshetini yanada mustahkam himoya va ishchanlikka boy xususiyatlar bilan chiqargan.

Galaxy XCover 4s

2019-yilda iyul oyida Samsung o'zining yangi mustahkam himoyali smartfonini ikki karra kuchaytirilgan holda yoxud 32 GB doimiy xotira va ikkilik SIM-karta bilan sotuvga chiqardi.

Galaxy Active Pro

Va shu yilning oktabrida Janubiy Koreya kompaniyasi o'zining ilk mustahkam himoyali premium planshetini taqdim qildi. Galaxy Tab Active Pro plansheti 13MP asosiy kamera, 4GB operativ xotira va 10.1 dyuymli ekranga ega bo'lgan. U kompyuter ishlash kabi tajribani taklif qila oladigan Samsung Dex, hamda, ilovalarni bitta bosish bilan ochish imkonini beradigan Active Key tugmasi, shuningdek, qo'lqop bilan ham ishlash olaydigan Touch Sensitivity xususiyatlariga ega edi.

Galaxy Xcover Pro

Pishiq premium planshetdan keyin 2020-yilda yanvarida Samsung ana shunday smartfon, Galaxy XCover Pro, mustahkam himoyaga ega premium smartfonini taqdim qildi. U 6.3 dyuymli ekran va uning burchagidagi yumaloq tirqishda 1080p formatida selfi suratlar olish imkonini beradigan kamera ega bo'lgan. Qolaversa, u yanada tezkor zaryadlash va barmoq izi skaneriga ega edi.

Galaxy Tab Active 3

Samsung o'zining pishiq planshetlarini yanada yaxshilashda davom etdi va 2020-yil sentabrida Wi-Fi 6 texnologiyasini qo'llab-quvvatlaydigan, hech qanday batareyasiz (quvvatga ulangan holda) ishlay oladigan Galaxy Tab Active 3 planshetini chiqardi.

Galaxy XCover 5 

Samsung yana orada 1 yil vaqt o'tkazishni xohlamadi va 2021-yil mart oyida o'zining Galaxy XCover 5 smartfonini chiqardi. Qurilma XCover muxlislari kutgan barcha premium xususiyatlarga ega bo'lishi bilan birga narxi ham hamyonbop edi va ehtimol shu sabab u kompaniyaga katta foyda keltirdi.

Galaxy XCover 6 Pro

Joriy yilning iyul oyida original Galaxy XCover ekranidan (3.5 dyuym) deyarli ikki karra katta ekranga bo'lgan Galaxy XCover 6 Pro (6.6 dyuym) taqdim qilindi. U orqa tomonida 50 MP asosiy kameraga ega. Kapoti ostida Qualcomm Snapdragon 778G chipsetida joylashgan va u hozirda Android 13'ga asoslangan One UI 5 versiyasiga yangilangan.

Galaxy Tab Active 4 Pro

Galaxy Tab Active 4 Pro plansheti Samsung'ning bugungi kundagi mustahkam himoyaga ega so'nggi model qurilmasi hisoblanadi.

O'QING: Meizu o‘z muxlislari dizayniga asoslangan Meizu 19 smartfoni prototiplarini ko‘rsatdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!