Ortga nazar: uchta hatto to‘rtta SIM-karta uyasiga ega bo‘lgan noodatiy telefonlar

Ortga nazar: uchta hatto to‘rtta SIM-karta uyasiga ega bo‘lgan noodatiy telefonlar

Telefoningizga maksimal nechta SIM-karta qo‘yish mumkin? Ko‘plab hududlarda ikkita SIM-karta slotiga ega bo‘lgan smartfonlar ommalashgan. Ammo so‘nggi yillarda eSIM-kartalar ham ommalashib bormoqda. Ular smartfonda hech qanday joy talab qilmaydi.

Agar siz bir necha mahalliy operatorlardan foydalansangiz, albatta, sizga ko‘proq SIM-karta tushadigan qurilma kerak bo‘ladi. Birinchi bo‘lib GSM telefonlari SIM-karta bilan ishlashni boshlagan. Avvalgi SIM-kartalar to‘liq o‘lchamda bo‘lgan. Shuningdek, o‘sha vaqtlarda telefonlarda qo‘ng‘iroqlar tarixi va matnli xabarlar uchun xotira bo‘lmagan. SIM-kartalar esa xotira vazifasini ham bajargan. 

Shunday qilib, kamida bitta SIM-kartaga ehtiyoj aniq bo‘lgan. Ikkita SIM-karta haqida nima deyish mumkin? 2000-yilda dunyodagi birinchi ikkita SIM-kartali telefon Benefon Twin taqdim etildi. Ushbu telefon ikki yo‘nalishli tarmoqqa ega bo‘lgan. O‘sha vaqtda Finlyandiyaning VLP operatori ikkita SIM-kartaga ega bo‘lgan ushbu telefonning qulayliklari haqida ko‘p gapirgan edi. 

Gigabyte Gsmart G1317 Rola ikkita SIM-kartaga ega bo‘lgan birinchi Android qurilmasi bo‘lgan. 2010 yil oxirida e’lon qilingan smartfon 2011 yil aprelida sotuvga chiqarilgan. 

ViewSonic kompaniyasi ham 2011 yil fevral oyida ViewSonic V350 smartfonini taqdim etgan. Ushbu model esa o‘sha yilning iyul oyida sotuvga chiqqan edi. 

Birinchi uchta SIM-kartali telefon - Intex IN 5030 Etdi.do bo‘lib, u 2010 yilda taqdim etilgan. Qurilma bir vaqtning o‘zida GSM+GSM+CDMA ulanishini qo‘llab-quvvatlay olgan. 

LG 2012 yilda o‘zining birinchi uchta SIM-kartali telefonini taqdim etdi. Bu qurilmaning nomi LG A290 edi. Bir yil o‘tgach, LG va MediaTek dunyodagi birinchi 3G Android smartfonini yaratish bo‘yicha hamkorlikni e’lon qildi. 

2010 yil oxirida dunyodagi birinchi to‘rtta SIM-kartali telefon - Flying F160 taqdim etildi. Ushbu qurilmada hatto microSD uchun maxsus uya ham bor edi. Taxminan o‘sha vaqtning o‘zida yana bir to‘rtta SIM-kartali telefon - OTECH F1 paydo bo‘ldi.

Ko‘p o‘tmay, to‘rtta SIM-kartali telefonlarga talab oshayotganini bilgan T&T nomli kompaniya har biri atigi 30 dollardan iborat bo‘lgan to‘rtta modelni sotuvga chiqardi. Ushbu kompaniya o‘z telefonlarni yaratishda Blackberry, Motorola va Nokia qurilmalarining dizaynidan ilhomlanganini yashirishmadi.

LG ham 2013 yilda o‘zining to‘rtta SIM-kartali telefonini sotuvga chiqardi. Bunday smartfon va telefonlarga doim ham talab bo‘lavermagan. Chunki odamlarga ikkita SIM-kartani o‘zi ham yetgan. 

O‘QING: Ortga nazar: Galaxy A9 (2018) — to‘rtta orqa kameraga ega bo‘lgan dunyodagi birinchi smartfon