Ortiq eksklyuziv emas!

Ortiq eksklyuziv emas!

2017-yilda Insomniac Games video o'yinlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi o'zining "Spider-Man" o'yini faqat PlayStation 4 uchun eksklyuziv bo'lishi va Xbox yoki kompyuter chiqarilmasligi haqida xabar qilgan edi. 2019-yilda Sony bu studiyani sotib oldi va bugunga kelib kompaniya uning qarorini o'zgartirmoqda. Bir necha kun oldin bo'lib o'tgan State of Play onlayn tadbirida Sony "Spider-Man" o'yinlari seriyasi 2022-yilning 12-avgust kuni kompyuterlar uchun ham chiqarishini ma'lum qildi.

Tizer video kompyuter uchun Spider-Man o'yining alfa testidan yozib olingan bo'lib, aftidan o'yin ajoyib grafik ko'rinishga ega bo'ladi.

Sony'ning ta'kidlashicha, o'yinning kompyuterlar uchun ham chiqarilishi uning PS4 yoki PS5 platformalarida muvvaffaqiyatga erisha olmaganidan emas. 2022-yilning 15-may holatiga ko'ra O'rgimchak odam o'yini seriyasi dunyo bo'ylab 33 milliondan ortiq nusxada sotilgan. O'yinning kompyuterlarga o'tkazilishi Sony o'tgan yili sotib olgan Nixxes Software tomonidan amalga oshiriladi. 

Kompyuter uchun o'yinning narxi qancha bo'lishi hozircha noma'lum, lekin u Steam va Epic Games do'konlariga chiqariladi.

O'QING: Call of Duty: MW II yangi tizeri chiqarildi