Ortiqxo‘jayev: «TikTokerlarni cheklash emas, ularga imkoniyat berish kerak!»

  •   DiMaX
  •  567
  •  18.12.2020 13:59

Ortiqxo‘jayev: «TikTokerlarni cheklash emas, ularga imkoniyat berish kerak!»

Tashkent city’da joylashgan Congress Hall majmuasida «Toshkent yoshlari forum — 2020» doirasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev forumda TikTok yulduzlarining ishtirok etishi bo‘yicha berilgan savolga javob qaytardi.

O‘QING: TikTokʼda eng ko‘p folloverga ega akkauntlar TOP 20 taligi bilan tanishing

«TikTok ham ijtimoiy tarmoqlar, internet olamining bir qismiga aylanib ulgurdi. Ularni cheklash emas, balki to‘g‘ri yo‘lga solishimiz kerak. O‘zbekiston demokratik davlat, bizga cheklash yarashmaydi. Ularni to‘g‘ri yo‘lga solsak, bugun arzimasdek ko‘ringan o‘sha yoshlar ertaga kerakli insonga aylanadi», deya hokimning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Xabaringiz bo‘lsa kerak, 18-21 dekabr kunlari Toshkent shahrida «Toshkent yoshlari forum — 2020» tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada eng serdaromad TikTok’chilar reytingida birinchi o‘rinni o‘zbek farzandi zabt etgan. Musulmon davlatlardan biri esa TikTok va yana beshta tanishuv ilovasini bloklagan.

O‘QING: «TikTok qirolichasi» – 16 yashar raqqosa tarixga kirdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!