«OSON 10» tarifi chiqdi – MB, daqiqa va SMS’lar atigi 10 so‘mdan!

  •   DiMaX
  •  7753
  •  31.03.2021 10:53

«OSON 10» tarifi chiqdi – MB, daqiqa va SMS’lar atigi 10 so‘mdan!

Beeline Uzbekistan yaqinda 80% chegirmali aksiyasi martning so‘ngiga qadar uzaytirgan edi. Endi esa mazkur aloqa operatori yangi – «OSON 10» tarifini joriy etdi.

O‘QING: Beeline foydalanuvchilari uchun zo‘r xushxabar!

Sizga oddiy tarif kerakmi? «OSON 10» tarifiga ulaning, deyiladi xabarda. Yangi tarif rejasida abonent to‘lovi oyiga bor-yo‘g‘i 10 000 so‘mni tashkil etadi.

Oylik abonent to‘lovi to‘langan bo‘lsa, tarif bo‘yicha taqdim etilgan limitdan tashqari amalga oshirilgan har bir daqiqa/SMS/MB narxi 10 so‘mdan hisoblanadi. Oylik abonent to‘lovi to‘lanmagan bo‘lsa, unda amalga oshirilgan har bir daqiqa/SMS/MB narxi 100 so‘mdan hisoblanadi.

Yanada ko‘proq internet istasangiz – manfaatli internet paketlardan foydalaning. «OSON 10» tarif rejasi shartlari haqidagi batafsil ma’lumotni esa ushbu havola orqali operator saytidan olasiz.

O‘QING: Operatordan har oyda 1 gigabayt bonus olishni istaysizmi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!