O‘ta arzon Redmi 9A va Redmi 9’dan tashqari Redmi 9C ham tayyor: batafsil xususiyatlari va narxlari

  •   DiMaX
  •  2117
  •  01.06.2020 11:05

O‘ta arzon Redmi 9A va Redmi 9’dan tashqari Redmi 9C ham tayyor: batafsil xususiyatlari va narxlari

Xiaomi korporatsiyasining direktori kuni kecha Redmi 9 modelini «jonli» ko‘rsatgan edi. Kompaniyaning bu yilgi eng arzon smartfoni esa Redmi 9A bo‘lishi kerak, endi bo‘lsa kutilmagan Redmi 9C modeli haqida ham ma’lumot chiqdi.

O‘QING: Taqdim etilmagan Redmi 9 modeli Xiaomi saytiga, Redmi 10X ikkalasi yana Geekbench’ga ham chiqdi!

Sudhanshu nikli insayder ushbu uchta smartfonning texnik jihatlari va narxlarini e’lon qildi.

Redmi 9 smartfoni 6,53 dyuymlik IPS-displeyga ega, uning tasvir aniqligi esa Full HD+ formatida (2400x1080 piksellik) bo‘ladi. Redmi uni MediaTek Helio G70 protsessori, 4/64 GBlik xotira va 5000 mA/soatlik akkumulyator bilan ta’minlayapti.

Mazkur qurilmaning selfi-kamerasi 5 megapiksellik, bosh kamerasi esa 13, 8, 5 va 2 MPlik datchiklardan iborat. Redmi 9 korpusida USB Type-C porti hamda 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishi ham bo‘ladi. Xiaomi uning uchun 160 – 180 yevro atrofida narx qo‘yadi.

O‘QING: Xiaomi allaqachon ikkita smartfoniga global barqaror MIUI 12 tarqatyapti!

Redmi 9A ham 6,53 dyuymlik IPS-ekranga ega, ammo rezolyusiyasi pastroq – HD+ formatida (1600x720 piksellik). Bu smartfonda MediaTek Helio G25 protsessori, 3/32 GBlik xotira, 5000 mA/soatlik batareya, USB Type-C porti va 3,5 millimetrlik audiotirqish mavjud. Old kamerasi 5, asosiy kamerasi esa 13 megapiksellik yakka sensorlardan iborat bo‘lgan Redmi 9A uchun kompaniya taxminan €100 — €120 so‘raydi.

Redmi 9C esa bu ikkalasining o‘rtasidagi model bo‘ladi: texnik jihatlariga ko‘ra u Redmi 9A bilan bir xil, faqat doimiy xotira hajmi 64 gigabaytga yetkazilgan va bosh kameraga 2 megapiksellik ikkinchi modul qo‘shilgan. Bozorga uni taxminan €130 — €150 narxida chiqarishadi.

Redmi 9 triosining qachon taqdim etilishi va sotuvga chiqishi hozircha aniq emas.

O‘QING: Super-arzon Redmi 10X 4G smartfonini qarshi oling!

Terabayt.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.