O‘ta ommabop ilova koronavirus fonida yangi rekordga erishdi

  •   DiMaX
  •  1258
  •  30.04.2020 11:05

O‘ta ommabop ilova koronavirus fonida yangi rekordga erishdi

Musiqiy video ulashish servisi bo‘lgan TikTok joriy yilning yanvarida WhatsApp messenjerini eng ko‘p yuklab olinuvchi ilovalar reytingida taxtdan ag‘dargan edi. Aprel oyining boshida esa uni Google Play do‘konidan ko‘chirib olishlar soni bir milliardga yetgan.

O‘QING: TikTok’ning endi keragi yo‘q – undagi ajoyibotlar Instagram’ga ham qo‘shildi! (+videolar)

Sensor Tower tahlil platformasi ma’lum qilishicha, koronavirus pandemiyasi fonida TikTok yanada ommalashgan. Hozirgacha mazkur ilovani App Store hamda Google Play kataloglarining o‘zidangina ikki milliarddan oshiq yuklab olishgan! Uni ko‘chirib olishlarning amaldagi soni esa bundan ham ko‘p; zero, Xitoyda muqobil ilovalar do‘konlari son-sanoqsiz.

Sensor Tower ma’lumotlariga ko‘ra, ilovalarning yuqoridagi ikkita rasmiy katalogi orqali TikTok’ni o‘rnatib olish hajmi joriy yilning birinchi choragida 315 millionga oshgan. Bu esa har qanday ilovaning istalgan bitta chorakdagi ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori natijadir!

TikTok’ni yuklab olganlarning ko‘pchiligi Hindiston, Xitoy va AQSh hududlaridagi foydalanuvchilardir. Darvoqe, mazkur tarmoqda bitta reklama chiqarish naq 25 dona iPhone 11 Pro narxiga teng, lekin bu hali holvasi ekanidan xabaringiz bormidi?

O‘QING: Bu mashhur fotomodel bitta Instagram-posti uchun qancha pul olishini tasavvur ham qilolmaysiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.