O‘tayotgan haftaning muhim voqealari:

  •   Saroy
  •  1060
  •  02.06.2018 14:33

O‘tayotgan haftaning muhim voqealari:

Galaxy Note 9 8/512 GB xotiraga ega bo‘ladi, Roskomnadzor App Store’dan Telegram’ni o‘chirib tashlashni talab qilmoqda, OnePlus 6’dan  Always On Display funksiyasi olib tashlandi

Xitoy insayderlaridan biri Ice Universe vakillarining ma’lum qilishicha,  Galaxy Note 9  8 GB tezkor xotiraga va  512 GB ichki xotiraga ega bo‘ladi. Bundan avval, faqat 6 GB OZU va 64/128 GB PZU haqida xabar tarqalgan edi. Biroq uzun quloq gaplarga qaraganda, fablet 6.38-dyuymli  Super AMOLED-displey bilan jihozlanadi.

Qurilmaning formati QHD+ va tomonlar nisbati  18.5:9 bo‘ladi. Gadjetning ishlashiga nufuzli kompaniyaning protsessori – Exynos 9810 (Xitoy va AQShda Snapdragon 845) o‘rnatiladi. Bundan tashqari, smartfon Galaxy S9+ kabi qo‘shkameraga ham ega. Qurilmaga Bixby sun’iy ong yordam berishi kerak.  Galaxy Note 9 avgust oyida xaridorlar qo‘liga yetib borishi kutilmoqda.

O‘QING: Tanishing: Samsung Galaxy A9 Star va A9 Star Lite smartfonlarining “jonli” fotosi hamda tavsifi

Roskomnadzor  Telegram’ni bloklashga jiddiy kirishgan ko‘rinadi. Endi Telegram App Store’dan ham o‘chirib tashlanishi kerak.  Mazkur muassasa, agar talab o‘z ijrosini topmasa,  Apple’ning servislarini ham bloklab qo‘yish haqida tahdid qilmoqda. Bu ishlarning barchasi uzog‘i bilan bir oyda bajarilishi kerak, deydi Roskomnadzor mutasaddilari.

OnePlus 6’da  yaqinda yangilanish yuz berdi, unda displeyning yuqori qismidagi ko‘chirib olingan joyni berkitish, kadrlarni soniyasiga 480 ga cha bo‘lgan chastotada sekinlashtirilgan videoga olish, choksiz yangilanish, portret rejimida suratga olish imkoniyatlari mavjud. OnePlus 6’dagi bu imkoniyatlar avval boshda bor edi, biroq flagman rastalarga chiqarilgandan keyin ularni o‘chirib tashlashdi. Kompaniyaning izoh berishicha, bu xato emas, shunchaki,  Always On Display «ochko‘zligi» uchun olib tashlangan. Aslida bu funksiya tajriba tarzda qo‘llanilgandi, deydi kompaniya vakillari.

O‘QING: OnePlus 5 va 5T yangilangan proshivkali bo‘ldi

Amerikaning soha bo‘yicha taniqli portali Tom’s Guide AQSh bozoridagi 12 ta eng ommalashgan smartfonni testdan o‘tkazdi va eng mustahkam apparatni ma’lum qildi.

Test davomida smartfonlarni dastavval, navbat bilan tosh, yog‘och polga 1,5 metrlik balanddan tashlab ko‘rishdi. Shundan so‘ng har bir gadjetni  5 daqiqaga sunituvga cho‘ktirishdi (suv o‘tkazmasligini sinashgan). Ro‘yxatga  iPhone X, Galaxy S9, Mate 10 Pro, OnePlus 5T kabi  modellar kiritilgan. Xo‘sh, qaysi smartfon eng mustahkam, deb o‘ylaysiz? Bilmasangiz, bilib oling!

Tajriba jarayonida Motorola Moto Z2 Force eng mustahkam va ishonchli qurilma ekanini isbotladi. Ushbu gadjet suv o‘tkazmaydigan yagona apparat bo‘lib chiqdi.   Qolgan barcha smartfonlar Tom’s Guide testidan muvaffaqiyatli o‘ta olmadi

O‘QING: Motorola 2016 yildayoq patentlagan buklama smartfon judayam antiqa!

Iyun oyidan boshlab Lenovo kompaniyasi yangi flagman smartfoni – Lenovo Z5’ni namoyish qila boshladi. Lenovo kompaniyasi  vitse-prezidenti Chang Cheng (Chang Cheng)ning ma’lum qilishicha, yangi flagmanning rasmiy taqdimoti 5 iyunda Pekinda bo‘lib o‘tadi. Ushbu qurilmaning boshqalardan ustun tomoni, quvvati 0 foiz bo‘lib qolganda ham ishlayveradi, kutish rejimida esa apparat 45 kungacha faol bo‘ladi.

O‘QING: Lenovo Z5: inqilobiy smartfon old yuzasini ilk bor to‘laligicha ko‘ramiz!

Tarmoqlada yana bir yangi qurilmaning jonli surati paydo bo‘ldi. Yangi devays   Galaxy A9 Star Lite’ning ukasi Galaxy A9 Star bo‘lib chiqdi. Rasmga qarab baho beradigan bo‘lsak, ikkala smartfonning ham orqa tomoni shishali korpus bilan yopilgan,  shuningdek, pastda chaqnog‘i joylashgan qo‘sh vertekalli kamera va barmoq izlarini oluvchi kvadrat skaner bilan jihozlangan. Yangi devays oq va qora rangda bozorga chiqariladi.

O‘QING: Galaxy S10 uch modulli 3D-kameraga ega bo‘ladi. Bu hali hammasi emas...

Amerikaning mashhur internet-resurslaridan biri   Android Headlines Motorola kompaniyasining yangi smartfoni suratini namoyish qildi, u Android One dasturi doirasida chiqadi. Devays Motorola One Power, degan g‘alati nomga ega bo‘ldi.  U ham xuddi boshqa ko‘plab smartfonlarga o‘xshab, katta qirqma displeyga ega.   

E’tiborni tortadigan yana bir tomoni, qurilmaning orqa tomoni iPhone X’ni eslatib yuboradi. Chap burchagida vertekal holatda joylashgan chaqnog‘i bor qo‘sh kamera joylashgan.  

O‘QING: iOS va Android ziddiyati: boshi berk ko‘cha

Va nihoyat, Meizu kompaniyasi ham o‘z muxlislarini yangiliklari bilan xursand qilishda davom etmoqda. Yangi Meizu M6T (xalqaro bozor uchun Meizu M8) smartfonining rasmiy  namoyishi haftaning muhim voqeasiga aylandi.  Dizayniga ko‘ra, smartfon kompaniyaning flagmani sanalgan Meizu 15’ni juda eslatib yuboradi. Lekin ichki dunyosi boshqacharoq, ya’ni Meizu M6T 5.7-dyuymli  1440×720 pikselli (HD+)  LCD-displeyi bilan jihozlangan.

Qurilma yaqinda bozorga chiqadi, o‘shanda uning barcha texnik ustunliklaridan  bahra olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz, ishonavering.

O‘QING: Yangi Meizu M8c smartfoni Xiaomi Redmi 5A uchun munosib raqib

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!