O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (ellik birinchi hafta)

O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (ellik birinchi hafta)

Xiaomi chartimizdagi yetakchilikni bir necha hafta davomida mustahkam ushlab turgan edi, biroq Samsung o‘zining yangi A seriyasi bilan bunga nuqta qo‘ydi: bu gal ro‘yxatimizdagi eng ko‘p o‘rin koreys smartfonsoziga nasib qildi.

Birinchi o‘rinda Galaxy A71 turibdi, Redmi Note 8 Pro va Note 8'lar esa top uchtalikda qolishni uddaladi.

To‘rtinchi o‘rinni Galaxy A51 band qilgan bo‘lsa, oldingi o‘ntaligimizning yetakchisi bo‘lgan Redmi K30 qoq markazda.

Yangi taqdim qilingan Samsung triosining eng quyi vakili bo‘lgan Galaxy A01 oltinchi pog‘onaga joylashdi va navbat juma kuni taqdim qilingan Oppo A91'ga keldi — yettinchilik.

Koreyaliklarning bu yilgi eng muvaffaqiyatli mahsulotlaridan Galaxy A50 va Galaxy A70'larning o‘rtasida — to‘qqizinchi o‘rin bilan — Xiaomi Mi Note 10 Pro turibdi.

Shunday qilib, bu safargi reytingimizdan Samsung'ning beshta, Xiaomi'ning to‘rtta va Oppo'ning bitta smartfoni joy oldi. Natijada Redmi K30 5G, Nokia C1, Huawei nova 6 SE, Realme X50'lar bilan xayrlashdik.

Samsung Galaxy A71
Hozirgi reytingi: 1 / O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 8 Pro
Hozirgi reytingi: 2 / O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Redmi Note 8
Hozirgi reytingi: 3 / O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 4 / O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi K30
Hozirgi reytingi: 5 / O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Samsung Galaxy A01
Hozirgi reytingi: 6 / O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Oppo A91
Hozirgi reytingi: 7 / O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy A50
Hozirgi reytingi: 8 / O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Xiaomi Mi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 9 / O‘tgan haftadagi reytingi: 10
Samsung Galaxy A70
Hozirgi reytingi: 10 / O‘tgan haftadagi reytingi: 9

Barcha tasvirlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (ellikinchi hafta)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!