O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (ellikinchi hafta)

O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (ellikinchi hafta)

Redmi K30 taqdim qilinishi bilanoq shuhrat cho‘qqisiga erishib, chartimizda yetakchilik qilmoqda. Uning 5G versiyasining texnik jihatlari taqdimotdan oldin ma’lum bo‘lib bo‘lgani bois, ushbu gadjet ko‘pchilikka unchalik ham qiziq bo‘lmay qoldi — to‘rtinchi o‘rin.

Bu ikki devays o‘rtasidagi ikkinchi va uchinchi pog‘ona mos ravishda o‘rta toifa lineykasidagi Redmi Note 8 Pro va Note 8'larga nasib qildi. Shu bilan bu gal ham Xiaomi smartfonlari top to‘rttalikni hech kimga bermadi. 

HMD Global ham o‘tgan hafta yangi qurilma taqdim qildi. Beshinchi o‘rinda turgan Nokia C1'ning texnik jihatlari o‘ta kuchli bo‘lmasa ham, 59 dollarlik narxi ko‘pchilikka yoqib tushgani aniq. 

Oltinchi o‘rin ro‘yxatimizning eng sodiq vakili Samsung Galaxy A50, yettinchi o‘rin esa yangi chiqqan Huawei nova 6 SE'ga nasib qildi.

Tez ommalashib borayotgan brend Realme'ning ilk 5G mobili bo‘lgan X50 keyingi oy taqdim qilinishiga qaramay, yetarlicha ishqiboz yig‘a olgan ko‘rinadi, top o‘ntaligimizda sakkizinchi o‘rinni band qildi.

Samsung Galaxy A70 va Xiaomi Mi Note 10 Pro'lar oxirgi ikki o‘ringa o‘z nomi yozilishiga erishdi.

Shunday qilib, Xiaomi'ning beshta; Samsung'ning ikkita; Huawei, Realme va Nokia'larning bittadan smartfonlari ellikinchi haftada eng trendda bo‘lgan 10 ta smartfon bo‘ldi.

Xiaomi Redmi K30

Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan

Xiaomi Redmi Note 8 Pro

Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 1

Xiaomi Redmi Note 8

Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 2

Xiaomi Redmi K30 5G

Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 3

Nokia C1

Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan

Samsung Galaxy A50

Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 5

Huawei nova 6 SE

Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan

Realme X50

Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan

Samsung Galaxy A70

Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 6

Xiaomi Mi Note 10 Pro

Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 7

Barcha rasm va tasvirlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (qirq to‘qqizinchi hafta)

 

Saytimiz xabarlarini Odnoklassnikidagi sahifamizda kuzatib boring!