O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (o‘ttiz yettinchi hafta)

O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (o‘ttiz yettinchi hafta)

O‘tgan haftada mobil olamning eng yirik voqeasi qaysi bo‘lganligini bilish uchun 37-haftaning top 10 taligi haqidagi ushbu postni o‘qib chiqishingiz kifoya, bizningcha: Apple bizni o‘zining eng so‘nggi smartfonlari triosi — iPhone 11, 11 Pro va 11 Pro Max'lar bilan tanishtirdi. Hamma hozir bu gadjetlar haqida gapirmoqda.

Ushbu oilaning eng katta va premium vakili 11 Pro Max birinchilikda, undan so‘ng 11 Pro turibdi. Kuchli uchlik oddiyroq bo‘lgan iPhone 11 bilan yakunlandi.

Redmi 8 Pro to‘rtinchi o‘rin bilan kifoyalangan bo‘lsa, Galaxy A50 ikki pog‘ona yuqorilab, o‘ntalikning qoq o‘rtasini band qildi.

Nokia 7.2 oltinchiga tushib qoldi. O‘tgan hafta to‘qqizinchi bo‘lgan Galaxy A90 5G esa hozir yettinchi o‘rinda.

O‘ttiz oltinchi hafta top o‘ntalikka kirmagan Galaxy Note 10+ va oldin uchinchi bo‘lgan Sony Xperia 5'lar mos ravishda sakkiz va to‘qqizinchi pog‘onalarni egalladi.

Va nihoyat so‘nngi o‘rin Xiaomi Mi A3'ga nasib etdi.

O‘tgan galgi ro‘yxatimizdagi Samsung Galaxy M30s va Xiaomi Redmi Note 8'lar bu gal kuchli o‘ntalikdan o‘rin egallay olmadi, lekin ishonamizki, ular yana ro‘yxatimizga kira oladi.

Apple iPhone 11 Pro Max
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Apple iPhone 11 Pro
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Apple iPhone 11
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Xiaomi Redmi Note 8 Pro
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Samsung Galaxy A50
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Nokia 7.2
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Samsung Galaxy A90 5G
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Samsung Galaxy Note 10+
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Sony Xperia 5
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Mi A3
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

O‘QING: O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (o‘ttiz oltinchi hafta)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!