O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (o‘ttiz oltinchi hafta)

O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (o‘ttiz oltinchi hafta)

O‘tgan o‘ttiz oltinchi haftaning top o‘ntalikka katta ta’sir o‘tkazishi aniq edi. Bu haftadagi jadvalimizga oldingi hafta trendda bo‘lgan smartfonlarning faqat ilk uchtasigina kira olgan; ularning biri esa hatto o‘ninchi o‘ringa tushib ketgan.

Tan berish kerak, Redmi 8 Pro o‘zining birinchi o‘rnini saqlab qola oldi. Biroq oldingi ro‘yxatda ikkinchilikni egallagan smartfon esa yettinchi o‘ringa tushib ketdi.

Endi Nokia 7.2 ikkinchi o‘rinda bo‘lsa, Sony Xperia 5 esa kuchli uchtalikni yakunladi.

Keyingi hafta sotuvga chiquvchi Apple iPhone'lari triosi esa navbatdagi o‘rinlarni band etdi.

Yettinchi o‘rinda esa Samsung Galaxy A50. Bu smartfon anchadan beri bunchalik past darajaga tushib ketmagan edi.

Samsung'ning yana ikkita telefoni: Galaxy M30s va Galaxy A90 5G'lar, mos ravishda, sakkizinchi va to‘qqizinchi o‘rinlarga loyiq ko‘rildi.

O‘tgan haftada ikkinchilik nasib qilgan Redmi Note 8 bu gal top o‘ntalikni yakunlab berdi. Oldingi jadvalimizda to‘rtinchi va undan keyingi pog‘onalarda turgan qurilmalar yangi smartfonlarga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi.

Xiaomi Redmi Note 8 Pro
Hozirgi reytingi:1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1

Nokia 7.2
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

Sony Xperia 5
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

Apple iPhone 11 Pro Max
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

Apple iPhone 11 Pro
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

Apple iPhone 11
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

Samsung Galaxy A50
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 3

Samsung Galaxy M30s
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

Samsung Galaxy A90 5G
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

Xiaomi Redmi Note 8
Hozirgi reytingi: /O‘tgan haftadagi reytingi: 2

O‘QING: O‘tgan haftada trendda bo‘lgan top 10 smartfon (o‘ttiz beshinchi hafta)

Terabayt.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.