O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (qirq beshinchi hafta)

O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (qirq beshinchi hafta)

O‘tgan haftadagi chartimizda Xiaomi'ning to‘rtta smartfoni yetakchilik qilgan edi. Bu gal xitoylik smartfonsoz yana ikkita qurilmasini ro‘yxatimizga qo‘shib qo‘ydi.

Mi Note 10 taqdimotidan oldin birinchilikni egallagan edi, taqdimotdan keyin esa 8P linzaga ega ilk smartfon bo‘lgan Mi Note 10 Pro'ga o‘rnini bo‘shatib berdi. 

Uchinchi o‘rinda Redmi Note 8 Pro turibdi. Mi Note 10'ning Xitoycha talqini Mi CC9 Pro esa keyingi o‘rinda. 

O‘tgan haftada kutilmaganda taqdim qilingan Redmi Note 8T beshinchida, oddiy Note 8'ga esa oltinchilik nasib etdi. 

Samsung Galaxy A50 yettinchidan, hali chiqmagan vivo S5 o‘rta toifa gadjeti esa sakkizinchidan joy oldi. 

So‘nggi ikki o‘rin Realme'ning X2 Pro va 5 Pro smartfonlariga tegdi. 

Shunday qilib, Samsung Galaxy M30s, Apple iPhone 11 Pro Max va Redmi 8'lar ro‘yxatimizni tark etdi.

Xiaomi Mi Note 10 ProHozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan

Xiaomi Mi Note 10Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 1

Xiaomi Redmi Note 8 ProHozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 2

Xiaomi Mi CC9 ProHozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 4

Xiaomi Redmi Note 8THozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan

Xiaomi Redmi Note 8Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 3

Samsung Galaxy A50Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 6

vivo S5Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan

Realme X2 ProHozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 5

Realme 5 ProHozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 7

O‘QING: O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (qirq to‘rtinchi hafta)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!