O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (qirq oltinchi hafta)

O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (qirq oltinchi hafta)

Qirq oltinchi haftada eng ommabop smartfonlar ro‘yxatida anchayin o‘zgarishlar yuz berdi. Bu gal Xiaomi top oltilikni band etmadi, lekin baribir ro‘yxatimizdagi eng ko‘p smartfon shu kompaniyaniki.

Taqdimotdan so‘ng Mi Note 10 seriyasiga bo‘lgan qiziqish so‘ngach, bu safargi chartimizda birinchi o‘rinni Redmi Note 8 Pro egalladi.

Ikkinchilikda esa hali ham mish-mishligicha qolayotgan Galaxy A51 smartfoni turibdi. Lekin bunga hayron qolmasa ham bo‘ladi, sababi A50 ham juda uzoq muddatdan buyon ro‘yxatimizdan muqim joy egallab kelmoqda.

O‘tgan gal birinchilikni band etgan Mi Note 10 Pro bu safar kuchli uchlikka yakun yasagan bo‘lsa, Redmi Note 8 va Mi Note 10'larga, mos ravishda, keyingi o‘rinlar nasib etdi.

Oltinchi o‘rinda Samsung'ning A50'i, yettinchi o‘rinda esa Mi Note 10'ning xitoycha talqini — Mi CC9 Pro turibdi.

Yaqinda taqdim qilingan HTC Desire 19s smartfoni esa sakkizinchi o‘rinda. Qizig‘i, ro‘yxatimizdan anchadan buyon tayvanlik kompaniyaning qurilmasi o‘rin olmagan edi. Lekin, bizningcha, keyingi hafta bu devays bilan xayrlashishimizga to‘g‘ri keladi.

Oxirgi ikki pog‘onani Realme mahsulotlari — 5 Pro va X2 Pro'lar egalladi. Bu smartfonlar ham chartimizda anchadan buyon mavjud.

Xiaomi Redmi Note 8 ProHozirgi reytingi:1/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Samsung Galaxy A51 Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Mi Note 10 Pro Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Redmi Note 8Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Xiaomi Mi Note 10 Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Samsung Galaxy A50Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Xiaomi Mi CC9 Pro
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
HTC Desire 19sHozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Realme 5 ProHozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 10
Realme X2 Pro Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 9

O‘QING: O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (qirq beshinchi hafta)