O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (qirq sakkizinchi hafta)

O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (qirq sakkizinchi hafta)

Qirq sakkizinchi hafta, Honor V30 va V30 Pro'lar taqdimotini hisobga olmasak, unchalik voqealarga boy bo‘lmadi. Lekin chartimizda katta o‘zgarishlar bo‘ldi.

Ro‘yxatimizning yangi yetakchisi hali taqdim qilinmagan Redmi K30 smartfonidir. Flagmanlar “qotili“ haqida o‘tgan hafta tarqalgan ilk mish-mishlar ko‘pchilikka maznur kelgan ko‘rinadi.

Shunday qilib, Redmi Note 8 Pro va Redmi Note 8 top uchtalikning keyingi o‘rinlariga tushib qolgan bo‘lsa, qirq yettinchi haftadagi o‘rnidan uch pog‘ona ko‘tarilgan Mi Note 10 Xiaomi smartfonlaridan iborat top 4 talikni yakunlab berdi.

Samsung Galaxy A50 beshinchi, Realme X2 Pro esa oltinchi o‘rin bilan kifoyalangan bo‘lsa, yangi taqdim qilingan Honor V30'ga yettinchi o‘rin nasib etdi.

Bu safar o‘tgan galgi chartimizdagidan ko‘ra ko‘proq yangi nomlar chartimizga kelib qo‘shildi - vivo S1 Pro ilk marotaba chartimizga kirgan bo‘lsa, uzoq muddatli tanaffusdan keyin Samsung Galaxy A70 ham o‘ntalikdan joy oldi; mos ravishda sakkizinchi va to‘qqizinchi o‘rinlar.

Oxirgi o‘rin Realme 5s'ga tegdi va Motorola Razr, Galaxy A51, Huawei nova 6 hamda Xiaomi CC9 Pro'lar bilan xayrlashishimizga to‘g‘ri keldi.

Xiaomi Redmi K30
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 8 Pro
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Redmi Note 8
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Mi Note 10
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Samsung Galaxy A50
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Realme X2 Pro
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Honor V30 Pro
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
vivo S1 Pro
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy A70
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Realme 5s
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 5

Barcha tasvir va renderlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (qirq yettinchi hafta)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!