O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (qirq to‘qqizinchi hafta)

O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (qirq to‘qqizinchi hafta)

Qirq to‘qqizinchi haftada ham eng trenddagi o‘nta smartfon ro‘yxatida Xiaomi'ning gadjetlari yetakchilik qildi.

Xitoylik smartfonsozning devayslari egallagan o‘rinlarda biroz farq bo‘lib, Redmi K30 uchinchiga tushib qolgan bo‘lsa, Redmi Note 8 Pro birinchilikni egalladi. Undan keyingi pog‘onada esa Redmi Note 8 turibdi.

Xiaomi'ning boshqa bir aqlli telefoni — Mi Note 10 o‘tgan galgi o‘rnini hech kimga bermay, to‘rtinchilikni band etdi.

Mana, koreyslarga ham navbat keldi. Ketma-ket beshinchi va oltinchi o‘rinlar mos ravishda Samsung'ning Galaxy A50 va A70 smartfonlariga tegdi. Bulardan birinchisi oldingi chartdagi o‘z reytingini saqlab qolgan bo‘lsa, ikkinchisi uch pog‘ona ko‘tarilgan.

Yettinchi o‘rin ro‘yxatimizga qayta qo‘shilgan Mi Note 10 Pro'ga nasib qildi. Yangi taqdim qilingan Huawei nova 6 5G esa sakkizinchi o‘rinni egalladi.

Realme'ning X2 Pro'si to‘qqizinchi o‘rin bilan kifoyalangan bo‘lsa, chartimizga qaytgan Apple iPhone 11 Pro Max ro‘yxatimizni yakunlab berdi.

Shu bilan Realme 5s, vivo S1 Pro va Honor V30 Pro'lar bilan xayrlashishimizga to‘g‘ri keldi.

Xulosa qilib aytganda, o‘tgan haftada eng ommabop bo‘lgan smartfonlar top o‘ntaligining beshta vakili Xiaomi, ikkitasi Samsung, bittasi Apple, bittasi Huawei va qolgan bittasi Realme'ga tegishli bo‘ldi.

Xiaomi Redmi Note 8 Pro
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Redmi Note 8
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Redmi K30 5G
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Mi Note 10
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Samsung Galaxy A50
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Samsung Galaxy A70
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Xiaomi Mi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Huawei nova 6 5G
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Realme X2 Pro
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Apple iPhone 11 Pro Max
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan

Barcha tasvirlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (qirq sakkizinchi hafta)