O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (qirqinchi hafta)

O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (qirqinchi hafta)

Oxirgi bir necha hafta ichida faqat o‘tgan haftada e’tiborga molik yangi smartfon taqdimoti bo‘lmadi, aks holda bu bizning o‘ntaligimizda o‘z so‘zini aytar edi.

Birinchi o‘rinda, o‘tgan gal ham bo‘lganidek, Xiaomi Mi Mix Alpha turibdi.

Xitoyliklar qurilmasidan keyingi o‘rinlarda mos ravishda ancha mashhurlikka erishayotgan Samsung Galaxy M30s va Galaxy A70s smartfonlari turibdi. 

O‘tgan haftadagi o‘rnini hech qaysi qurilmaga bo‘shatmagan OnePlus 7T kuchli uchtalikdan keyingi o‘rinni zabt etgan bo‘lsa, yana bir Xiaomi telefoni — Redmi Note 8 Pro top o‘ntalikning qoq o‘rtasida.

Apple'ning yangi eng premium gadjeti iPhone 11 Pro Max'ga bo‘lgan qiziqish susaygan shekilli uch pog‘ona pastlab, oltinchilik bilan kifoyalandi. Hali taqdimoti bo‘lmagan Realme X2 Pro esa yettinchi o‘rinni band qildi.

Har gal takrorlaganimizdek, "Uch yulduz"ning Galaxy A50'i chartimizda eng uzoq qolgan smartfonlardandir. O‘tgan haftadagi postimizda: "...balki keyingi hafta xayrlashishimizga to‘g‘ri kelar", deb taxmin qilgan edik. Biroq adashgan ekanmiz: ishqibozlari Galaxy A50'ni top o‘ntalikdan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymadi. Smartfon bir pog‘ona yuqorilab, 8 o‘rinni egalladi.

Eng oxirgi ikki o‘rin ro‘yxatimizga yangi qo‘shilgan Xiaomi Mi A3 va Realme 5 Pro'larga nasib qildi. 

Xiaomi Mi Mix AlphaHozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1

Samsung Galaxy M30s

Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 5

Samsung Galaxy A70sHozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan

OnePlus 7THozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 4

Xiaomi Redmi Note 8 ProHozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 6

Apple iPhone 11 Pro MaxHozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 3

Realme X2 ProHozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan

Samsung Galaxy A50Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 9

Xiaomi Mi A3Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan

Realme 5 ProHozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan

O‘QING: O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (o‘ttiz to‘qqizinchi hafta)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!