O'tgan oyda dunyo bo'ylab eng ko'p yuklab mobil o'yinlar

O'tgan oyda dunyo bo'ylab eng ko'p yuklab mobil o'yinlar

Sensor Tower joriy yilning iyun oyiga ko'ra dunyo bo'ylab eng ko'p yuklab olingan mobil o'yinlar top o'ntaligi ro'yxatini e'lon qildi. Unga ko'ra, Sybo Games'ning bu yil o'n yilligini nishonlayotgan Subway Surfers o'yini o'tgan oyda 26 milliondan ortiq yuklab olinishlar bilan umumiy ro'yxatda birinchi o'rinni egallagan va bu birinchi marta emas, o'yin o'tgan oyda ham birinchilikni qo'lga kiritgan.

Foto: Sensor Tower

Faxrli ikkinchi o'rinni esa Garena'ning Free Fire nomli battle-royale janridagi o'yini bir necha oyda beri band qilib kelmoqda.

Umumiy ro'yxatning top beshtaligi o'tgan oyga qaraganda ko'proq yuklab olinishlar bilan yuqori pog'onalarga ko'tarilgan Stumble Guys va Bridge Race o'yinlari, shu bilan birga, bu oygi ro'yxatga yangi qo'shilgan Dessert DIY o'yini bilan yakunlanadi.

Shuningdek, o'tgan oyning boshida chiqarilganiga qaramay, Blizzard'ning Diablo Immortal o'yini qisqa vaqt ichida dunyo bo'ylab eng ko'p yuklab olingan o'yinlar qatoriga kirishga muvaffaq bo'lgan va garchi u umumiy ro'yxatning oxirgi o'rnini egallagan bo'lsa ham, App Store'dan yuklab olingan o'yinlar ichida birinchi o'rinda turibdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan oyda App Store va Google Play Store o'yin do'konlaridan jami 4.6 milliard o'yinlar yuklab olish amalga oshirilgan va buning 18.4 foizi yoxud 844.8 milliondan ortig'i Hindistonga to'g'ri keladi.

O'QING: Dunyo bo‘ylab eng ko‘p yuklab olingan ilovalar

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!