O‘tgan yili Google xitoylik kompaniyadan ko‘ra ko‘proq smartfon sotgan

O‘tgan yili Google xitoylik kompaniyadan ko‘ra ko‘proq smartfon sotgan

Ma’lum bo‘lishicha, Google'ning smartfon biznesi unchalik ham yomon ketmayapti. Har holda, ko‘pchilik kutgandan ko‘ra yaxshiroq ekan.

IDC e’lon qilgan yangi hisobotga ko‘ra, qidiruv giganti uchun 2019 yil juda yaxshi kelgan. Kompaniya ortda qolgan yilda 7.2 million dona smartfon sotgan va bu ko‘rsatkich 2018 yilgi natijalardan 52% lik o‘sish demakdir. Bu hali hammasi emas. Ushbu natija bilan Google OnePlus'ni ham ortda qoldirgan. Ammo shunday bo‘lsada, har ikki kompaniya smartfon savdolari borasida top 10 kompaniya ro‘yxatiga kirishiga hali ancha bor.

Bu yangilik e’tiborga loyiq, zero, oldingi hisobotlarga ko‘ra, Pixel 3a va Pixel 4 savdolari qurilmalar do‘kon rastalariga yetkazib berilganidan keyingi dastlabki ikki chorak ichida Pixel 3'dan ko‘ra kamroq sotilgan.

Google eng yirik raqobatchilaridan anchayin ortda, lekin o‘sish ko‘rsatkichlari sezilarli darajada. Bu yilgi vaziyat qanday bo‘lishini kutishdan boshqa iloj yo‘q. Pixel 4a taqdimoti bir necha bor kechiktirildi, Pixel 5'ga esa flagman chipi o‘rnatilishi aytilmoqda.

O‘QING: WhatsApp’dagi kontaktlar va yozishmalar Google’ga chiqib ketdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!