«Otning o‘limi – itning bayrami»: WhatsApp’ning yangi siyosatidan yutgan birgina Telegram emas!

  •   DiMaX
  •  1049
  •  26.01.2021 15:00

«Otning o‘limi – itning bayrami»: WhatsApp’ning yangi siyosatidan yutgan birgina Telegram emas!

WhatsApp messenjerining foydalanuvchilar bilan tuzilgan shartnomasiga kiritilgan o‘zgarishdan millionlab odamlar norozi bo‘lishgan edi. Uning yangi siyosati esa raqobatchilarga, jumladan Telegram platformasiga yaxshigina foyda keltirgan. Keyin esa...

O‘QING: Telegram’dan cho‘chigan WhatsApp endi boshqacha yo‘l tutdi

Nisbatan katta avlod vakillari yaxshi biladigan ICQ ilovasi ICQ New nomi ostida «qayta tug‘ilgani» haqida yozgan edik. Ushbu messenjerni yuklab olishlar soni shu yilning 5 yanvaridan to 12 yanvarigacha naq 35 barobarga oshib ketgan. Bu xususda Sensor Tower tahlil kompaniyasi ma’lumotlariga tayanib WSJ nashri yozmoqda. Xususan, WhatsApp maxfiylik siyosatining o‘zgarishi ortidan «Aska» ommabopligi Gonkongda juda yuqorilagan.

ICQ vakillarining ta’kidlashlaricha, Gonkongda bir hafta mobaynida ilovani yuklab olishlar soni 2020 yilning so‘nggi kvartali ko‘rsatkichlaridan ham oshib ketgan. Google Trends ma’lumotlariga ko‘ra, qidiruvlarda ushbu messenjerni so‘rashlar miqdori so‘nggi o‘n yillikdagi rekord darajaga yetgan.

Gonkongliklarning aynan ICQ’ga ko‘chib o‘tishlarini kishilar uning gullab-yashnagan davrlarini qo‘msashlari bilan izohlashmoqda. Masalan, zamonaviy ommabop messenjerlarga undagi «ko‘rinmas» rejimi yetishmaydi.

Eslatib o‘tamiz, ICQ ilovasi Isroilning Mirabilis kompaniyasi tomonidan 1996 yili yaratilgan. Ushbu dastur bir necha marta egasini almashtirib kelgan, nihoyat 2010 yili uni Mail.ru Group sotib olgan edi. Oradan naq o‘n yil o‘tgach, kompaniya bu messenjerni yangilab, nomini ham ICQ New shakliga o‘zgartirib taqdim qildi.

O‘QING: O‘n beshta messenjerni birlashtiruvchi ilova chiqdi: Telegram, Twitter, Skype – barchasi bittada!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!