"Oushenning 11 do‘sti" rejissyori Reddit kamerasidan voz kechib, bu smartfonda kino olyapti

Taniqli rejissyor Stiven Soderberg o‘zining navbatdagi filmini iPhone 7 Plus flagmanida suratga olishga ahd qildi.

Bu g‘oya jahonning nufuzli forumlaridan biri bo‘lgan Reddit anjumanida tasodifan tug‘ilgan. Forumning savol-javoblar qismida ishtirokchilardan biri Soderberdan film olish maqsadida moliyaviy homiy izlab yurgan yosh rejissyor nima qilishi kerakligi to‘g‘risida so‘raydi. Unga javoban Gollivud rejissyori shunday javob beradi: «Ssenariy hamda iPhone'ni olib,tasvirga olishni boshlash kerak. Gaplarim jiddiy». To‘liq ayfonda kino olish loyihasining ibtidosi ana shu javob bo‘ldi.

Batafsil o‘qing: iPhone 7 Plus: Kuchli. Ishonchli. Qimmatbaho. | To‘liq tavsif

Soderberg yangi filmini «Behushlik» (Unsane) deb nomlagan. Unda Gollivudning taniqli aktyorlari Kler Foy («Afsun davri») hamda Juno Templ («Janob hech kim» bosh rollarni ijro etadi.

Soderbergga qadar koreyalik taniqli kino ijodkor Pak Chxan Uk 2011 yilda  Apple'ning iPhone 4 smartfonida "Tungi baliq ovi" filmini suratga olgan. Bu kinokartina Berlin kinofestivali g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

Stiven Soderberg — «Oushenning 11 do‘sti», «Oushenning 12 do‘sti» kabi taniqli filmlarni bilan nom qozongan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.