«Oxirzamon bo‘lib qolsa...» – GitHub dasturiy kodlarni Arktikada yashirib qo‘ydi

  •   DiMaX
  •  1804
  •  18.07.2020 13:30

«Oxirzamon bo‘lib qolsa...» – GitHub dasturiy kodlarni Arktikada yashirib qo‘ydi

IT-loyihalarni saqlashga mo‘ljallangan GitHub resursini 2018 yili Microsoft korporatsiyasi sotib olgan edi. Servis undagi dastur kodlarini arxivlab, Arktikada saqlab qo‘ydi – u yerda mazkur ma’lumotlar yuz yilgacha saqlanishi mumkin.

O‘QING: Internet foydalanuvchilari orasida mashhur bo‘lgan termin GitHub nima?

GitHub’ning shunday qilish rejasi o‘tgan yilning noyabrida ma’lum bo‘lgan edi. 2020 yilning fevraliga kelib esa umumiy hajmi 21 terabayt keladigan arxiv yaratilgan. Ularning barchsi turli loyihalarning dastlabki kodlaridir. Kodlari ushbu arxivga kiritilgan dasturchilar GitHub tomonidan «Arctic Code Vault Contributor» belgisi bilan belgilangan.

GitHub zaxira arxivi Shpitsbergen orolidagi yer osti himoyagohiga yashirib qo‘yildi. Bu muhofaza xonasi tashlab qo‘yilgan ko‘mir konida qilingan bo‘lib, 150 metrlik chuqurlikdadir.

Bu – dasturiy kodlar uchun o‘ziga xos «Nuh kemasi»dir: hattoki yadro yoki elektromagnit quroli qo‘llanilib, yoki yirik tabiiy ofat tufayli Yer yuzida sivilizatsiya barbod bo‘lsa ham, ma’lumotlar u yerda saqlanib turaveradi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Virjil Dyupra ismli dasturchi Collapse OS nomli «Oxirzamon operatsion tizimi»ni yaratgan edi. Keyinroq esa Jey Dosher ismli kishi Raspberry Pi Recovery Kit rusumli «Oxirzamon kompyuteri»ni tergan.

O‘QING: Eksklyuziv video: AQSh prezidentining «Oxirzamon samolyoti»ni ichkaridan tomosha qilamiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!