Oy guvohligida "tungi duel": Xiaomi Mi CC9 Pro vs Huawei P30 Pro

Oy guvohligida

Bir yil avval smartfonda astrofotografiya (tunda suratga olish) g‘alati tuyulgan bo‘lsa, hozirga kelib bu smartfon xaridida e’tibor qaratish kerak bo‘lgan jihatga aylanib ulgurgan.

Mobil astrofotografiya Huawei P30 Pro'dan boshlandi. Yaqinda esa bu mavzu Pixel 4 va boshqa smartfonlar sabab yana ko‘tarildi.

Aslida, mobil astrofotografiyada juda kam ssenariy mavjud: yo yulduzlar yoki oy suratga olinadi. Quyida ikkinchi ssenariy bo‘yicha duelga kirishgan Xiaomi Mi CC9 Pro va Huawei P30 Pro'larda olingan tungi rasmlarni ko‘rishimiz mumkin.Ko‘rinib turibdiki, Huawei'ning flagmani o‘zini yaxshiroq namoyish qilgan. Ushbu smartfonda olingan fotosuratlar aniqroq va xiralik darajasi kamroq. Buni takomillashtirilgan periskop kamera va asosiy kameraning pastki qismidagi fotosensitiv sensor bilan izohlash mumkin.

Husan Qodirov tayyorladi.

O‘QING: Xiaomi Mi Note 10 (yoki CC9 Pro) smartfonining kamera xususiyatlariga tavsif berildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!