Oybek Tursunov Uzcard muassislari ro‘yxatidan chiqdi

  •   DiMaX
  •  645
  •  10.08.2020 15:03

Oybek Tursunov Uzcard muassislari ro‘yxatidan chiqdi

Esingizda bo‘lsa, may oyida Uzcard nazorat paketining asosiy qismi Oybek Tursunovga o‘tganligi e’lon qilingan edi. Yagona umumrespublika Protsessing markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Uzcard muassislari ro‘yxatida o‘zgarish yuz berdi, deb yozadi Xabar.uz nashri.

O‘QING: «Humo» va «Uzcard» integratsiyalashtiriladi

Unga ko‘ra, Oybek Tursunov Botirovich Uzcard ta’sischilarining ro‘yxatida qayd etilmagan. Avvalroq, u kompaniyaning 75 foiz aksiyaga egalik qilishi ma’lum bo‘lgan edi.

Yangi ro‘yxatga ko‘ra aksiyalar quyidagicha taqsimlagan: O‘zmilliybank 51 foiz, O‘zsanoatqurilishbank, Asaka bank, Ipoteka-bank va Aloqabank – har biriga 6 foizdan, qolgan 25 foizi esa jismoniy shaxslarga tegishli.

O‘QING: Yo‘qolgan yo o‘g‘irlangan plastik kartangizni qanday bloklab qo‘yishni bilasizmi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!