Oyiga 20 ming megabaytlik «Talaba+» tarif rejasi ham chiqdi!

  •   DiMaX
  •  23234
  •  23.09.2020 12:03

Oyiga 20 ming megabaytlik «Talaba+» tarif rejasi ham chiqdi!

Mamlakatimizdagi uyali aloqa operatorlari ham pandemiya sharoitida onlayn ta’limni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratib kelishmoqda. Bu borada talabalar, o‘quvchilar hamda ustoz-murabbiylarga mo‘ljallangan «MAKTAB», «TA’LIM» va «BOLAJON» kabi tarif rejalarini misol qilib keltirish mumkin.

O‘QING: «Bonuslar mavsumi» ochildi: teppa-tekinga 1 GB internet, O‘zbekiston bo‘yicha mingtadan daqiqa va SMS oling!

Jumladan, Mobiuz uyali aloqa operatori (Universal Mobile SystemsUMS MChJ) shu oyning boshida «Talaba» nomli yangi tarifini taqdim etgan edi. Kompaniya endi uning takomillashtirilgan varianti – «Talaba+» tarif rejasini ham joriy qildi.

Operator xabariga ko‘ra, ushbu yangi tarif rejasi ham O‘zbekiston Respublikasining oliy o‘quv yurtlari hamda ularning filiallari talabalariga mo‘ljallangan. «Talaba+» tarif rejasiga boshqa tarifdan o‘tib bo‘lmaydi, faqat yangidan ulanish mumkin. Buning uchun fuqarolik pasportidan tashqari, amaldagi talabalik guvohnomasi yoki oliy o‘quv yurtida o‘qishini tasdiqlovchi boshqa hujjat ham talab etiladi.

Yangi tarif rejasida oyiga 50000 so‘mlik abonent to‘lovi evaziga 10000 megabayt, tungi vaqt uchun yana shuncha trafik, barcha yo‘nalishlar uchun chiquvchi 1000 daqiqa va 1000 SMS taqdim etiladi.

«Talaba+» tarif rejasida abonent to‘lovini kunlik yechib olish tartibiga o‘tish imkoniyati ham mavjud. Bunda kuniga 2500 so‘mlik abonent to‘lovi evaziga har kuni 334 MB va tungi vaqtga yana shuncha trafik, barcha yo‘nalishlar uchun chiquvchi 34 daqiqa va 34 SMS beriladi.

Yangi tarif rejasining boshqa shartlari bilan batafsil tanishish uchun ushbu havola orqali operator saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Sizga faqat internet kerakmi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.