Oyiga atigi 8000 so‘mlik «Yengil» tarif rejasi chiqdi!

  •   DiMaX
  •  17272
  •  01.12.2020 17:52

Oyiga atigi 8000 so‘mlik «Yengil» tarif rejasi chiqdi!

Xabaringiz bo‘lsa kerak, bugun – 2020 yilning 1 dekabr kuni Mobiuz uyali aloqa operatori olti yoshga to‘ldi. Ayni bugundan u «Yorqin kuz» aksiyasiga yana oltita tarif rejasini qo‘shayotgani haqida yozgan edik.

O‘QING: Uyali aloqa operatori abonent to‘lovisiz «Barcha uchun ovozli pochta» taqdim etdi!

Mazkur kompaniya bugun yangi – «Yengil» nomli tarif rejasining ishga tushganini e’lon qildi. Jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan ushbu tarifda abonent to‘lovi 8000 so‘mni tashkil etadi va uning doirasida 80 megabayt, 80 SMS va barcha yo‘nalishlar uchun 80 daqiqa taqdim qilinadi.

«Yengil» tarif rejasida abonent to‘lovini kunlik yechib olishga o‘tish imkoni ham mavjud. Uning barcha shartlari bilan batafsil tanishish uchun mazkur havola orqali Mobiuz saytiga o‘tasiz.

O‘QING: Shavkat Mirziyoyev farmoniga ko‘ra, ikkita uyali aloqa operatori xususiylashtiriladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!