«O‘yin boshlandi» – AnTuTu’ning yangi qiroli Xiaomi Mi 10’ni tor-mor etmoqchi!

  •   DiMaX
  •  3362
  •  15.02.2020 09:03

«O‘yin boshlandi» – AnTuTu’ning yangi qiroli Xiaomi Mi 10’ni tor-mor etmoqchi!

Xiaomi kompaniyasi kuni kecha o‘tkazgan taqdimotida Mi 10 hamda Mi 10 Pro flagmanlarini «yangi avlod samaradorlik qiroli» deya maqtagan. Antutu benchmarkida Mi 10 rekord natija ko‘rsatgan – 585 232 ball.

O‘QING: TOP-10: O‘rta narxli eng zo‘r Android-smartfonlar (AnTuTu reytingi)

Lenovo kompaniyasining va’da qilishicha, Xiaomi Mi 10 bu taxtda ko‘p uzoq o‘tirmaydi: kompaniya o‘ta kuchli o‘yinbop smartfon tayyorlayapti. Geymerlar yaxshi bilishadi – bu kompaniya Legion brendi ostida o‘yin noutbuklari ishlab chiqaradi. Lenovo’ning geymerofoni ham ayni shu brend bilan taqdim etiladi.

Xullasi kalom, Lenovo’ning oldindan maqtanishicha, uning Legion turkumidagi ilk o‘yinbop smartfoni AnTuTu benchmarkida 600 000 balldan oshiq natija bilan rekord o‘rnatadi.

O‘QING: AnTuTu yanvar oyidagi eng kuchli smartfonlar ro‘yxatini e’lon qildi

Lenovo ushbu smartfon Snapdragon 865 protsessoriga ega ekanini ham ma’lum qilgan.

Legion brendi ostidagi geymerofonning taqdimot vaqti hozircha noma’lum, bu boradagi yangiliklarni Terabayt.Uz bilan birga kuzatib boring.

O‘QING: O‘yin smartfonlarining kelajagi porloqmi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!