O‘yin – faqat zarar emas: 15 yoshli bolakay Fortnite o‘ynab millionerga aylandi!

  •   DiMaX
  •  1574
  •  30.07.2019 11:10

O‘yin – faqat zarar emas: 15 yoshli bolakay Fortnite o‘ynab millionerga aylandi!

Keyingi yillarda kiber o‘yinlar sanoati ancha rivojlanib ketgan, hatto turli o‘yinlar bo‘yicha tanlovlar o‘tkazilib, ularga katta pullar ajratiladi. Jumladan, yaqinda Fortnite bo‘yicha Jahon kubogining finali bo‘lib o‘tdi.

O‘QING: Uchta platforma bo‘yicha TOP-10: Geymerlar qaysi o‘yinlarga eng ko‘p pul sarflashyapti?

Buyuk Britanyalik o‘smir – Jeyden Eshmen o‘zining jamoadoshi bo‘lmish golland Deyv Djong bilan unda ikkinchi o‘rinni egalladi. Mazkur jamoa ushbu o‘rin uchun 2,25 million AQSh dollari miqdorida sovringa ega bo‘ldi va ikkovlon uni teng bo‘lib olishmoqchi.

BBC nashriga bergan intervyusida aytishicha, «Wolfiez» nikli ushbu geymer bu natijadan o‘zi ham hayratda. Jeydenning so‘zlariga qaraganda, Fortnite taqdim etilganidan beri uni o‘ynab keladi, ammo boshqa finalistlardan farqli ravishda, unchalik mashhur emas.

O‘n besh yashar sovrindorning onasi Liza Dollman, o‘g‘lining ushbu xobbisi sababli bilan oralarida kelishmovchiliklar ko‘p bo‘lgan. Shunday janjallardan birida u hatto bolaning Xbox pristavkasini derazadan uloqtirib ham yuborgan ekan. Lekin endi u Jeydenning yutug‘idan quvonchini ichiga sig‘dira olmayapti.

Darvoqe, turli o‘yin konsollarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan 2 665 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga sotib olish mumkin.

O‘QING: Ommabop bepul o‘yin endi iPhone va Android-smartfonlarga ham chiqadi

Terabayt.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.