O‘yin studiyalarini sotib olish an’anasi davom etmoqda

O‘yin studiyalarini sotib olish an’anasi davom etmoqda

Dushanba kuni Sony kompaniya Kanadaning Montreal shahridan bo‘lgan Haven Studios nomli o‘yin ishlab chiqaruvchisini sotib olayotganini e’lon qildi. Jade Raymond tomonidan yaratilgan va yuritiladigan Haven o‘yin studiyasi o‘tgan yilning mart oyidan boshlab Sony bilan hamkorlikni boshlagan edi, lekin endi kompaniya The Sims, Assassin's Creed, Rainbow 6: Siege, Tomb Raider va yana boshqa bir necha o‘yinlarni ishlab chiqargan studiyani Playstation'ga jalb qilmoqda. Afsuski, kelishuv narxi ma’lum qilinmagan.

Haven rahbarining ma’lum qilishicha, ilk o‘yin AAA kategoriyasidagi ko‘pchilik bo‘lib o‘ynaladigan o‘yin bo‘ladi. Hozircha uni qachon chiqarilishi noma’lum, lekin u PS5 uchun asosiy o‘yin bo‘lishi kutilmoqda.

"Playstation uchun birinchi yangi IP-miz o‘yinchilarni yillar davomida o‘yin-kulgi va mashg‘ulotlarda ushlab turadigan erkinlik, hayajon va o‘ynoqilikka yo‘naltirilgan tizimli va rivojlanayotgan dunyoni qurish g‘oyasi bilan AAA multiplayer tajribasini taqdim etish yo‘lida." deydi Jade Raymond.

Shu yilning yanvar oyida Sony Bungie nomli Halo o‘yini ishlab chiqaruvchisini sotib olgan edi. Microsoft ham taniqli Activision Blizzard o‘yin studiyasini sotib olayoganini ma’lum qilgandi.

O‘QING: COD: Warzone mobil qurilmalar uchun ham chiqariladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!