O‘yin tamom, do‘konni yoping: Nintendo emulyatorli saytlar egalarini sudga bermoqchi

  •   Saroy
  •  836
  •  24.07.2018 09:44

O‘yin tamom, do‘konni yoping: Nintendo emulyatorli saytlar egalarini sudga bermoqchi

Eski o‘yin konsollarining emulyatori yosh va keksa geymerlar orasida birdek mashhur hisoblanadi. Yoshlar ko‘p narsaga ulgurmoqchi bo‘lsa, keksalar yoshlik chog‘larini eslaydi. Aksariyat hollarda konsollarni emulirlashadi, unga qo‘shib Nintendo o‘yinlarini ham. Bu esa kompaniyaga yoqmayapti.

«Romli» eski o‘yinlar va emulyatori bilan ikkita yirik LoveROMs va LoveRETRO saytlari Nintendo advokatlari e’tiboriga tushdi. Nintendo’ning noroziligiga sabab,  boshqa saytlar uning o‘yinlarini tekinga tarqatib yubormoqda. Shunisi ajablanarliki,  aslida bunday saytlar juda ko‘p, lekin Nintendo aynan ushbu saytlarning “yoqasidan” olmoqda.

Har oyda LoveROM’ga 17 million kishi kiradi, ular norasmiy softni yuklab olishadi. Ustiga ustak, sayt egalari reklama va «xayriyalardan» daromad oladi.  LoveRETRO’ga nisbatan javob tariqasida  404 aytila boshlandi, LoveROMs esa Nintendo’ning o‘yin va emulyatorini o‘chirib tashladi, biroq Nintendo kompaniyasini bu qoniqtirmayapti. Shu bois u tavon sifatida har bir litsenziyalashtirilmagan o‘yin uchun 150 ming, har bir savdo markasi hamda domen nomlari va manbalarini bergani uchun 2 million dollar talab qilmoqda.

Ushbu vaziyat juda kulgili tus olmoqda. Bir vaqtlar Nintendo Virtual Console uchun internetdan yuklab olingan Super Mario Bros. o‘yini ham “romli” bo‘lib chiqqandi. Arxivchi Frenk Sifaldi ushbu «o‘g‘irlangan romni»  «asli» bilan taqqoslaganda ular faqat kartrij versiyasi va dampni yechib olish usuli bilan farq qilarkan.

O‘QING:Gigabyte noutbuklari geymerlarda katta qiziqish uyg‘otdi

O‘g‘irlangan versiya NES sarlovhasi bilan imzolangan, uni NES uchun eng birinchi emulyatorni yaratgan Marat Fayzullin o‘ylab topgan edi. Ushbu imzoni «asil» rom hisoblangan Virtual Console’da ham topishdi. Bu voqega izoh bera turib, Sifaldi shunday deydi: «O‘ylashimcha, Nintendo Super Mario Bros.’ni internetdan yuklab olgan va sizlarga sotgan».

O‘QING:Videoo‘yinlarga ko‘chgan mashhur fantastik kinolar

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.