O'yin tugadi. Hayot ham!

O'yin tugadi. Hayot ham!

Meta boshchilik qiladigan Oculus VR kompaniyasi asoschisi, Palmer Laki, o'zining yangi VR ixtirosini taqdim qildi. U oddiy VR qurilma emas. Ehtimol, uni "qotil shlem" deb ham atash mumkin, chunki kimdir uni taqqan holda virtual olam o'yinini o'ynasa va unda yutqazib qo'ysa, u uchun haqiqiy hayotda ham "o'yin tugaydi".

Ma'lum bo'lishicha, Laki ushbu yangi qurilmani Sword Art Online nomli yapon romanidan ilhomlanib, uni xotirlash uchun tayyorlagan. Keyinchalik anime seriyalari chiqarilgan ushbu romanda minglab odamlar NerveGear nomli VR shlem bilan kiriladigan VRMMORPG (Virtual Reality Massive Multiplayer Online Role-Playing Game yoxud o'zbekchada "virtual reallikda ko'pchilik bo'lib onlayn o'ynaladigan katta o'yin") o'yinida aqldan ozgan olim tomonidan oxiri o'lim bilan yakunlanadigan tuzoqqa tushib qolishadi. Undan esa faqat o'yinni yakunlash orqali qutulish mumkin bo'ladi. Yutqazganlar esa mikroto'lqinli radiatsiya bilan o'ldiriladi.

Biroq, Lakining NerveGear VR shlemi boshqacharoq ishlaydi: uning old tomoniga foydalanuvchining to'g'ridan-to'g'ri peshonasiga qaratilgan uchta portlovchi zaryad modullari joylashtirilgan. Bunda "O'yin tugadi" yozuvi VR ko'zoynak ekranida paydo bo'lganda, foydalanuvchining miyasini bir zumda yo'q qilinadi.

"Haqiqiy hayotingizni virtual avataringizga bog'lash g'oyasi meni doim hayratda qoldirgan - siz bir zumda (avatar) ahamiyatliligini maksimal darajaga ko'tarasiz va odamlarni virtual olam va undagi o'yinchilar bilan qanday munosabatda bo'lishlarini fundamental ravishda qayta o'ylab ko'rishga majbur qilasiz. Yuqori darajadagi grafikalar o'yinni haqiqiyroq qilib ko'rsatishi mumkin, ammo faqat jiddiy oqibatlar tahdidigina o'yinni siz va undagi har bir kishi uchun real his qilish imkonini bera oladi", - deydi Laki. 

Yaxshi xabar shundaki, NerveGear'ni yaratish hali yakuniga yetmagan va hozirda u "ofisdagi san'at asarlarining bir qismi sifatida turibdi".

O'QING: Meta o'zining 11 mingdan ortiq xodimlarini ishdan bo'shatdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!