O‘yin yaratuvchilari qayerdan va qancha pul topadi?

O‘yin yaratuvchilari qayerdan va qancha pul topadi?

O‘yin yaratuvchilar daromadining katta qismini mobil segmantdan va ayniqsa ilova ichki xaridlaridan topadi.

2018 yilda mobil bozor 68.5 milliard dollarga baholangan edi, bozor ulushining katta qismi (54.9 milliard) smartfonlar, 13.6 milliardi esa planshetlarga tegishli.Keyingi yillarda mobil sektor kengayishi, brauzer va kompyuter o‘yinlari kamayishi, konsollar esa barqaror qolishi taxmin qilinmoqda.Ayni damda, o‘yin yaratuvchilari daromadining aksar qismi iOS qurilmalaridan keladi, biroq 2023 yilga qadar Android'dan keluvchi foyda Apple'dan tushuvchi mablag‘dan baland bo‘lishi kutilmoqda. 

Clash of Clans (Qabilalar to‘qnashuvi) AQShda (kunlik daromad bo‘yicha) eng ko‘p foyda keltiruvchi iPhone o‘yini bo‘lgan bo‘lsa, Fortnite keyingi o‘rindan joy olgan.Clash finlyandliyalik Supercell nomli dasturchi kompaniya tomonidan yaratilgan. Supercell Clash Royale'ni ham yaratgan.

O‘yinlardan tushuvchi mablag‘ning katta qismi, ya’ni 40% dan ortiqrog‘i ichki xaridlardan keladi. 30% dan ortiq ortiq pul video reklamalardan olinadi. Virtual reallik (VR) hali ham ommalasha olmayapti, sababi VR uskunalar sotib olish ko‘pchilik geymerlarga qimmatga tushadi. Boshga taqiluvchi VR uskunalarining eng katta ishlab chiqaruvchilari orasida HTC uchinchi o‘rinda bo‘lgan. Dastlabki ikki o‘rinni Sony va Facebook egallagan.

O‘QING: Ishlayotgan holdagi PlayStation 5 interfeysini ilk bor «jonli» ko‘rsatishdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!