O‘yinbop smartfonlar beshligi: Xiaomi yetakchi

O‘yinbop smartfonlar beshligi: Xiaomi yetakchi

Rossiyalik texnoekspertlarning fikricha, o‘yinbop smartfonlar baquvvat akkumulyatori hamda zamonaviy o‘yinlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan ilg‘or protsessori, sifatli ekrani bilan ajralib turadi. Ular aynan shu mezonlar asosida quyidagi reytingni shakllantirganlar.

O‘qingXiaomi Mi Max: hamyonbop narxdagi ulkan smartfon

Hamyonbop mobil aloqa vositalari orasida o‘yin o‘ynash uchun eng maqbul smartfonlar qatorida Xiaomi Redmi 3S hamda Meizu M3s peshqadamlik qilmoqda.

5 dyuymli HD ekran va tok sig‘imi 3020 mA⋅soat bo‘lgan akkumulyatorga ega Meizu M3s yurtimizda 1,2 mln so‘mdan sotilmoqda.

Xiaomi Redmi 3S'da 5 dyuymli HD ekran, tok sig‘imi 4100 mA⋅ soat bo‘lgan akkumulyator, sakkiz yadroli Snapdragon 430 protsessori, 13 MPli kamera, 2 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Doimiy xotira sig‘imini microSD yordamida yanada kengaytirish mumkin. "Malika"da Xiaomi Redmi 3S 1,230,000 so‘mdan sotilmoqda.

O‘rta narxli devayslar kategoriyasida esa LeEco Le Max 2 X820 hamda Xiaomi Mi Max smartfonlari e’tirof etilgan. Ilk gadjet ilg‘or Snapdragon 820 mobil platformasida ishlasa, ikkinchisi yirik ekrani hamda grafikani qayta ishlashda mohir Adreno 510 video-kartasi bilan o‘ziga xos. Shu bilan birga, Xiaomi Mi Max 4G aloqa tarmog‘ida ma’lumotlarni tezkor almashish texnologiyasiga ham ega bo‘lgan.

O‘qingLG G5: yangi Android flagmanning 5 ta o‘ziga xosligi

Yetakchi beshlikni premium-sinfga tegishli LG G5 smartfoni yakunlamoqda. U o‘zidagi ilg‘or samarador tizim, 2 ta bosh kamera modullari bilan o‘ziga xos. Faqat qo‘shimcha xotira kartasi yordamida smartfonga o‘yin o‘rnatish imkoni cheklangan.