«O‘yinlar va ish uchun ideal» yangi RedmiBook rasman e’lon qilindi

  •   DiMaX
  •  1745
  •  21.05.2020 13:43

«O‘yinlar va ish uchun ideal» yangi RedmiBook rasman e’lon qilindi

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi o‘tgan yilning oxirida RedmiBook 13 noutbukini ham ko‘rsatgan. Endi esa, Redmi 10X 5G bilan birga ushbu laptopning davomchisi chiqishi aytilayotgan edi.

O‘QING: 67 xil Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga chiqadigan MIUI 12 global taqdimotini «jonli» ko‘ramiz! (modellar ro‘yxati va havola)

Redmi kompaniyasi ushbu mish-mishlarni birinchi bor rasman tasdiqladi. Yangi posterida u o‘yinlar va ish uchun qanday ekran ideal darajada mos kelishi haqida foydalanuvchilarga savol bergan. Unga javob esa 26 may kuni – «Ikki karra 5G»da ishlovchi Redmi 10X taqdimot tadbirida aytiladi. Umuman, shu kuni kompaniya mazkur noutbuk va smartfondan boshqa yangi mahsulotlarini ham namoyish etadi.

Avvalroq insayderlar bergan xabarlarga ko‘ra, RedmiBook’ning yangi avlodi AMD Ryzen 4000 protsessorlariga ega noutbuk bo‘ladi. Foydalanuvchilar o‘z xohish va imkoniyatlariga qarab, uning Ryzen 5 4500U yoki Ryzen 7 4700U chipsetli variantini tanlashlari mumkin. Laptop 16 gigabaytlik tezkor xotira hamda 512 gigabaytlik SSD-xotira bilan chiqariladi.

O‘QING: 5G-modemli «cho‘ntakbop» o‘yin noutbuki chiqdi! (+videolar)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!