O‘yinlarni endi kompyuterga ham o‘rnatmasdan, brauzerning o‘zidanoq o‘ynaysiz! (+video)

  •   DiMaX
  •  759
  •  02.10.2018 19:26

O‘yinlarni endi kompyuterga ham o‘rnatmasdan, brauzerning o‘zidanoq o‘ynaysiz! (+video)

Yoshlar orasida kompyuter o‘yinlariga qiziqmaydiganlari kam uchrasa kerak. Shuningdek, brauzer orqali – internetda o‘ynaladigan o‘yinlar ham mavjud.

O‘QING: Brauzer orqali o‘ynaladigan o‘yinlar

Google kompaniyasi esa geymerlar uchun ajoiyb imkoniyat taqdim etmoqda. Ya’ni, u o‘yinlar uchun o‘z striming servisini taqdim etyapti. Hozircha kompaniya Project Stream deb nomlanuvchi ushbu servisning yopiq sinovdan o‘tkazish ishlarini e’lon qildi.

Bu – yaqin orada eng kuchli o‘yinlarni ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri Chrome brauzerining o‘zidanoq ishga tushirish mumkin bo‘ladi, deganidir. Faqat buning uchun tezkor (kamida 25 Mbit/soniya) va barqaror internet bo‘lishi talab etiladi.

Project Stream servisidagi dastlabki o‘yin Assassin’s Creed Odyssey bo‘ladi. Google allaqachon brauzer orqali geympleyning kichikroq bir qismini namoyish etdi – unda mazkur o‘yin 1080p sifatida, soniyasiga 60 kadr tezligida ishlamoqda:

Yopiq holdagi beta-test 5 oktyabrda boshlanadi va unda cheklangan miqdordagi AQShlik foydalanuvchilargina ishtirok eta olishadi. Keyinroq esa Project Stream sinovlarida qatnashish imkoni boshqa mamlakatlardagi geymerlar uchun ham taqdim etiladi. Unga yozilish uchun mana bu havola orqali o‘tish mumkin.

O‘QING: Assassin’s Creed Odyssey rasman taqdim etildi: Qadim Yunon yurtiga jangga otlanamiz! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!