Oylik bermagani uchun ishchilar iPhone zavodini vayron qilishdi

  •   DiMaX
  •  915
  •  14.12.2020 10:04

Oylik bermagani uchun ishchilar iPhone zavodini vayron qilishdi

Hindistonning Karnataka shtatida ishchilar Apple telefonlarini ishlab chiqaradigan zavod idorasini vayron qilishdi. Guvohlar tomonidan olingan videoni «Newsflare» veb-saytiga joylagan, deb yozadi Sof.uz.

O‘QING: Apple xodimlari ega bo‘lgan imtiyozlar hasadni uyg‘otadi

Karnatakadagi «Winstrom Corp» kompaniyasi zavodi oldida minglab odamlar to‘planishdi. Ular ish haqining bir qismini olganligidan shikoyat qilib, oylikni to‘liq to‘lab berishlarini talab qilishdi. Mojaro tartibsizliklarni keltirib chiqardi, ishchilar mashinaga o‘t qo‘yishdi. Shundan so‘ng politsiya namoyishchilarni tarqatib yubordi.

Tayvanning «Winstrom Corp» kompaniyasi Apple korporatsiyasining pudratchisi hisoblanadi. Uning Karnatakadagi zavodida byudjetbop iPhone SE 2020 telefonlari ishlab chiqariladi.

O‘QING: iPhone 12 smartfonlaridagi muammoni Apple tan oldi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!