Oylik internet-to‘plamlar yangilandi – eski narxda 5 karra ko‘p trafik!

  •   DiMaX
  •  3791
  •  09.09.2020 10:26

Oylik internet-to‘plamlar yangilandi – eski narxda 5 karra ko‘p trafik!

Ucell aloqa operatori yaqinda biryo‘la ikkita xushxabar ulashgan edi: bulardan biri – ta’limiy internet-resurslarga narxlanmaydigan kirish muddatining uzaytirilishi bo‘lsa, ikkinchisi chiroyli raqamlar uchun 90 foizlik chegirmadir. Shuningdek...

O‘QING: «DONOLARNING O‘YINI»da Chevrolet Trailblazer avtomobilini yutib olishingiz mumkin!

Endi bo‘lsa mazkur kompniya oylik internet-to‘plamlar foydalanuvchilari uchun ajoyib xushxabar e’lon qildi. Unga ko‘ra, bugun – 2020 yilning 9 sentyabridan oylik internet to‘plamlari to‘liq yangilanmoqda. Ularga kiritilgan trafik miqdori ko‘payib, narxlar esa pasaygan!

E’tibor bersangiz, oldin 8900 so‘mlik eng kichik internet-to‘plam hajmi 100 megabaytlik bo‘lgan bo‘lsa, endi ayni shu narxga naq besh baravar katta – 500 megabaytlik yangi to‘plam olish mumkin. Qolgan yangi to‘plamlar ham avvalgilariga nisbatan ancha arzon tushadi.

Ko‘proq trafikli va qulay narxdagi Ucell internet-to‘plamlarini xarid qilishga shoshiling! Ulardan foydalanish shartlari bilan batafsil tanishish uchun mazkur havola orqali operator saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Ucell rahbari Vladimir Kravchenkodan o‘zbek tilini o‘rganish, davlat tilida ishlash bo‘yicha master-klass

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!