O‘z egasini rozi qilgan eng yaxshi Apple qurilmalari reytingi

O‘z egasini rozi qilgan eng yaxshi Apple qurilmalari reytingi

AnTuTu benchmarki joriy yilning yanvar oyi uchun Apple qurilmalaridan qoniqish reytingini e’lon qildi. Qizig‘i shundaki, ro‘yxatda hozirgi iPhone 13 liniyasidan bitta ham model yo‘q. 

Garchi sotuv hajmi unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmagan bo‘lsa-da, iPhone 12'ni sotib olgan xaridorlar ushbu modeldan juda mamnun. 

Kuchli uchlikdan iPad Air 4, iPhone SE va yetti yil oldin taqdim etilgan iPhone 6s Plus qurilamalari o‘rin oldi. iPhone 6s Plus'ning “ukasi“ iPhone 6s esa reytingning oltinchi pog‘onalasidan o‘rin oldi. 

Sakkizinchi o‘rinni yana bir eski model – iPhone 7 band etdi. Ro‘yxatdagi eng ko‘p o‘rinlarni turli avloddagi iPad Pro gadjetlari egallagan – foydalanuvchilar bu planshetlardan juda mamnun ekanligi aniq. 

O‘QING: Eng kuchli Apple qurilmalari reytingi (AnTuTu) 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!