O‘z narxini ko‘p yo‘qotmaydigan smartfonlar reytingi: iPhone 11 atigi 9-o‘rinda!

  •   DiMaX
  •  3753
  •  17.09.2020 10:02

O‘z narxini ko‘p yo‘qotmaydigan smartfonlar reytingi: iPhone 11 atigi 9-o‘rinda!

Xitoyning Huishoubao nashri ommabop smartfonlarning yangi reytingini taqdim etdi. Unda qurilmalarning taqdim etilganidan bir yil o‘tib arzonlashuvi bo‘yicha ro‘yxat aks ettirilgan.

O‘QING: Bor-yo‘g‘i 115 dollarga 6000 mAh batareya, 7 dyuymlik ekranli smartfon chiqdi!

Bunda faxrli birinchi o‘rinni OnePlus 7T smartfoni zabt etdi: uning o‘z qiymatini saqlab qolish indeksi 68,96 ga teng ekan. Ikkinchi o‘rinni olgan Meizu 16s Pro flagmanida mazkur ko‘rsatkich 64,72 bo‘lsa, kuchli uchlikni 64,05 ko‘rsatkich bilan Huawei Mate 30 5G yakunlab bergan.

O‘z narxini saqlab qoluvchi smartfonlar TOP-o‘ntaligiga yana Black Shark 2 Pro, OnePlus 7, Nubia Red Magic 3S, Huawei Mate 30 Pro 5G hamda Asus ROG 2 modellari kirgan.

Apple smartfonlari orasidan kuchli uchlikka faqat iPhone 11 kirgan, u ham 60,85 ko‘rsatkich bilan to‘qqizinchi o‘rinnigina egallagan. iPhone 11 Pro esa 50,43 ko‘rsatkich bilan 19-pog‘onadan joy olgan.

O‘QING: iPhone 12 chiqqach, dunyodagi eng ommabop smartfon yanada arzonlashadi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!