O‘z smartfonidan Galaxy foydalanuvchilari ko‘proq qoniqqanmi yoki iPhone ishlatadiganlar?

O‘z smartfonidan Galaxy foydalanuvchilari ko‘proq qoniqqanmi yoki iPhone ishlatadiganlar?

AQShliklar orasida Samsung smartfonlaridan foydalanuvchilar Apple mijozlaridan ko‘ra o‘z qurilmalaridan ko‘proq mamnun. Buni Amerika Iste’molchi Qoniqish Indeksi (ASCI) tomonidan o‘tkazilgan yangi izlanish ko‘rsatib berdi.

O‘QING: Apple eplay olmagan ishni Xiaomi qoyillatdi!

ASCI'ning «Simsiz telefon xizmati va uyali telefonlar — 2020-2021» nomli o‘rganishiga ko‘ra, amerikalik foydalanuvchilar eng yuqori baho bergan top 5 smartfon Samsung Galaxy smartfonlaridir.

Samsung o‘z mijozlarining qoniqish darajasi bo‘yicha ASCI shkalasida 81 ballik ko‘rsatkich qayd etib, barcha raqiblarini, jumladan, Apple'ni ham ortda qoldirgan. Kupertinoliklar, Motorola va Google bilan bir qatorda, 80% natija qayd etgan. Boshqacha qilib aytganda, Apple o‘zidan ko‘ra anchayin kam nufuzli smartfonsozlar bilan bir qatorda turgan ayni damda, Samsung sezilarli darjadagi yuqori mavqeni egallab turibdi.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, Galaxy S10+, Galaxy Note10+ va Galaxy S20+ AQShdagi smartfon foydalanuvchilari orasida ASCI ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori — 85 ballga egalik qilmoqda.

Galaxy S20, Galaxy A20 va Galaxy S10 modellari esa mos ravishda 84, 83 va 82 ball bilan baholangan. Galaxy S10 bilan bir qatorda to‘rtta iPhone: iPhone 11 Pro, iPhone 11 Pro Max, iPhone X va iPhone XS Max modellari turibdi.

2021 yilgi Galaxy S21 modellari yoki Galaxy A52 5G smartfoni kelasi yilgi reytingga kirish yoki kirmasligini vaqt ko‘rsatadi.

O‘QING: 5G-smartfonlar bozorida Samsung birdaniga 4-o‘ringa tushdi! (2021 yil 1-chorak)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!