O‘zbek fotografi xalqaro avtoportretlar tanlovida g‘olib bo‘ldi (+video)

  •   DiMaX
  •  840
  •  21.08.2020 13:40

O‘zbek fotografi xalqaro avtoportretlar tanlovida g‘olib bo‘ldi (+video)

Yurtimizda tug‘ilgan fotograf Arseniy Nesxodimov «Depressiya» mavzusidagi bir nechta avtoportretlari bilan «Wellcome Photography 2020» mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Britaniyaning Daily Mail nashri xabariga tayanib Sof.uz yozmoqda.

O‘QING: Kadr ortida: taniqli fotografdan onlayn mashhurlik sirlari (+video)

Fotosuratchi 15 ming funt (202,8 mln. so‘m) ishlab oldi. Nesxodimov «Prozak» deb nomlangan beshta rasmlar to‘plamini yaratdi. 20 yoshidan beri depressiyadan aziyat chekkan iqtidorli fotografning aytishicha, antidepressantlar unga yordam bermagan. Shuning uchun u o‘z ota-onasining uyida va Misrning Sharm al-Shayxida bo‘lgan voqealarni tasvirlash uchun Moskvadan chiqib ketishga qaror qilgan.

«Mening avtoportretlarim umidsizlik va ma’noni yo‘qotish bilan kurashishga yordam beradigan davolashning bir turi, ayniqsa pandemiyaning ushbu og‘ir davrida. Men uch oy ishsiz uyda qolib ketdim va yashashga mazmun bergan yagona narsa – bu suratga olishni davom ettirish bo‘ldi», – dedi Nesxodimov.

O‘QING: Uyingizda oq-qora suratlar bormi? Ularga bir zumda rang beramiz!

Hakamlar hay’ati turli mavzular bo‘yicha bahs olib borgan 13 mamlakatdan kelgan 25 nafar fotosuratchilarni tanlab oldi. G‘oliblar 19 avgust – Xalqaro fotografiya kuni bo‘lib o‘tgan onlayn tadbirda e’lon qilindi. G‘oliblarning nomlari va asarlari YouTube'da e’lon qilindi.

Darvoqe, biz zamonaviy smartfonlarda surat olish texnologiyasi, telefonda ajabtovur, taassurotli surat olishning oddiy usullari, Xiaomi smartfonlarida sifatli suratga olish uchun kamerani sozlash, shuningdek, yaxshi selfi tushirish sirlari haqida ham yo‘riqnoma-maqolalar e’lon qilganmiz.

O‘QING: Android’da suratni qayta ishlovchi eng zo‘r ilovalar

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.