O‘zbekcha klaviaturali iOS 13 chiqdi: undagi o‘zgarishlar va yangilanuvchi iPhone’lar ro‘yxatlari

  •   DiMaX
  •  1385
  •  20.09.2019 10:54

O‘zbekcha klaviaturali iOS 13 chiqdi: undagi o‘zgarishlar va yangilanuvchi iPhone’lar ro‘yxatlari

Kupertinolik texnogigant bugun – 20 sentyabrdan iPhone 11, iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max smartfonlarini peshtaxtalarga chiqardi. Ularning ochiq savdosini boshlash arafasida esa mazkur qurilmalariga «qadoqdanoq» o‘rnatilgan iOS 13 operatsion tizimini ham rasman taqdim etdi.

O‘QING: Hali ochiq savdoga chiqmay turib eng ommalashgan ayfon qaysi ekanini bilasizmi?

O‘n uchinchi avlod iOS operatsion tizimining asosiy o‘ziga xosliklari – o‘ziga o‘rnatilgan «tungi rejim» – to‘qrang interfeys hamda standart klaviaturadagi svayp imkoni bo‘ldi. Shuningdek, iPhone’lar klaviaturasiga endi o‘zbekcha harflar ham qo‘shilgan!

Bulardan tashqari, kompaniya tizimning samaradorligini yaxshilagan, standart ilovalarni qayta ishlagan va o‘z avtorizatsiya tizimini joriy etgan.

O‘QING: Barcha iPhone 11’larni eng zo‘r Android-flagmanlar bilan bitta jadvalda taqqoslaymiz!

Shunday qilib, iOS 13 tizimidagi asosiy o‘zgarishlar quyidagilardan iborat:

  1. «To‘qrang mavzu» – endi butun tizimning qiyofasida, jumladan, standart ilovalarda va interfeysda ham rengni o‘zgartirish mumkin.

  1. Samaradorlik – taqdimotda Apple ta’kidlashicha, endi ilovalar ikki karragacha tezroq ishga tushadi, Face ID esa 30 foizga tezlashgan, dasturlar va yangilanishlar esa xotirani 50 foizga kamroq band etadi.
  2. Maxfiylik – tizimda Apple avtorizatsiyasi paydo bo‘ldi; kompaniya uni ijtimoiy tarmoqlar orqali kiriladigan barcha ilovalarga majburan joriy ettiradi. Mazkur qadam sharofati bilan Apple foydalanuvchilari endi servislarda ro‘yxatdan o‘tayotib, o‘zlarining haqiqiy shaxsiy ma’lumotlarini oshkor etmaslik imkoniga ega bo‘lishdi.
  3. Standart ilovalar qayta ishlangan – eng ko‘p «Foto» dasturi o‘zgargan: unda varaqalar joylashuvi almashtirilgan va ilova interfeysi ijtimoiy tarmoqlarga o‘xshatilgan.

  1. Apple Arcade – iOS 13 tizimli qurilmalar egalari uchun ajoyib o‘yin servisi. Boshlanishida unga 54 ta o‘yin kiritilgan. Birinchi oy bepul, uyog‘iga pulli (AQShda obuna narxi 9,99 dollar).
  2. Ko‘plab mayda o‘zgarishlar qilingan: katta ilovalarni yuklab olish chekloi olib tashlangan, ovozni rostlash interfeysi o‘zgartirilgan, Apple Music’ka «Karaoke» rejimi qo‘shilgan, 3D Touch texnologiyasini qo‘llab-quvvatlamaydigan qurilmalarga ham u joriy etilgan (uzoqroq bosib turish orqali ishlaydi).

O‘QING: Har uchala iPhone 11 modeli AnTuTu’da: bor-yo‘g‘i shumi!?

Allaqachon iOS 13 operatsion tizimini quyidagi qurilmalarga o‘rnatib olish mumkin:

  1. iPhone 11
  2. iPhone 11 Pro
  3. iPhone 11 Pro Max
  4. iPhone XS (sotib olish)
  5. iPhone XS Max
  6. iPhone XR (sotib olish)
  7. iPhone X (sotib olish)
  8. iPhone 8 (sotib olish)
  9. iPhone 8 Plus (sotib olish)
  10. iPhone 7
  11. iPhone 7 Plus
  12. iPhone 6s
  13. iPhone 6s Plus
  14. iPhone SE
  15. iPod Touch (7‑avlod)

Yuqoridagi ro‘yxatga kirgan, iPhone 11 avlodidan avvalgi qurilmalar egalari allaqachon operatsion tizimni iTunes/Finder yoki «havo orqali» yangilashlari mumkin, apdeyt hajmi taxminan 3 GB keladi. Lekin biz shoshilmay turishni tavsiya etamiz, zero, 24 sentyabrdayoq Apple mazkur tizimning ilk yirik apdeyti – iOS 13.1 versiyasini tarqatadi, biryo‘la o‘shanda yangilab olganingiz ma’qul. Shuningdek, kompaniya o‘sha kuni iPad planshetlari (xarid qilish) uchun iPadOS operatsion tizimini ham tarqatadi.

O‘QING: Yangi taqdim etilgan iPhone 11’lar qayerda eng arzonu qayerda eng qimmat?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.