O‘zbekiston «Aql markazlari»ning TOP-15 taligi e’lon qilindi

  •   DiMaX
  •  699
  •  19.08.2020 09:03

O‘zbekiston «Aql markazlari»ning TOP-15 taligi e’lon qilindi

«Aql markazlari» — ijtimoiy-siyosiy muammolarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi va mustaqil fikr hamda tavsiyalar beruvchi ekspertlik-tahliliy tashkilotlardir.

Ular dunyoning rivojlangan mamlakatlarida siyosatni shakllantirishda yetakchi rol o‘ynaydi, turli vaziyatlarda ekspertlik fikrlarini tavsiya qiladi: global iqtisodiy inqirozga qarshi kurashishdan tortib jangovar harakatlar tahliligacha.

Tahliliy va tadqiqot institutlari ommaviy tahlillar rivojiga imkon beradi, davlatning qarorlar qabul qilishida, islohotlarni ishlab chiqish va amalga oshirishida ko‘mak beradi.

Yuksalish harakati ushbu infografikada xalqaro nashrlarda chop etilganlik, tadqiqotlar va ekspertlar fikri, forumlardagi ishtiroki va xalqaro reytinglarda qayd etilishi bo‘yicha shakllangan O‘zbekistonning «Aql markazlari» TOP-15 taligini taqdim qildi:

▪️ Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi

▪️ Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

▪️ Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti

▪️ Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

▪️ Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi

▪️ Huquqiy siyosat tadqiqot instituti

▪️ «Bilimlar karvoni» NNIM

▪️ «Yuksalish» umummilliy harakati

▪️ Huquqiy muammolarni o‘rganish markazi

▪️ «Ma’no» tadqiqot tashabbuslari markazi

▪️ Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markaz

▪️ Iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashish markazi

▪️ «Tahlil» ijtimoiy tadqiqotlar markazi

▪️ «Taraqqiyot strategiyasi» markazi

▪️ Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Ma’lumot uchun, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Pensilvaniya universiteti tomonidan tuzilgan «Global Go To Think Tank Index Report 2019» reytingida Markaziy Osiyodagi eng yaxshi 63 ilmiy-tadqiqot tahliliy institutlari orasida 10-o‘rinni egallagan. 2020 yildagi reytingda O‘zbekistonning yana bir necha tahliliy markazlari bor: Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (26) hamda «Tahlil» ijtimoiy tadqiqotlar markazi (33).

O‘QING: Ucell rahbari Vladimir Kravchenkodan o‘zbek tilini o‘rganish, davlat tilida ishlash bo‘yicha master-klass

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!